Buyuk insonlarning hayoti, orzulari, maqsad hamda dunyoqarashlari boshqalardan farqli ravishda, umr yо‘llari yurtdoshlarining baxti, taqdiri hamda  vatan ravnaqi bilan hamohangdir. Ular – fidoyi insonlar.

Amerikalik ruhshunos Jyul Massermanning fikricha, Eng Buyuk Yо‘lboshchi quyidagi uchta vazifani bajarmog‘i lozim:

  • о‘z fuqarolarining ozod va farovon hayotini ta’minlash;
  • insonlar uchun nisbatan xavf-xatarsiz hayot barpo etilgan jamiyat qurish;
  • jamiyat a’zolariga iymon-e’tiqod va axloqiy meyorlar tizimini taqdim etish.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning ana shu hayotiy mezonlar asosida olib borayotgan  oqilona siyosati aholimiz hayoti va kundalik turmushida о‘zining yaqqol ifodasini topmoqda, el-yurtimizning ijtimoiy faolligi, ertangi kunga ishonchi о‘sib bormoqda.

Hindistonning “New Dehli Times” gazetasi joriy yilning 25 yanvar kuni О‘zbekiston haqida chop etgan maqolasida Shavkat Mirziyoyev О‘zbekiston Prezidenti lavozimiga saylanganidan buyon mamlakat nafaqat rivojlanish davriga guvoh bо‘ldi, balki Markaziy Osiyoda yetakchi davlat sifatida о‘z mavqeini oshirdi. О‘zbekiston Prezidenti xalqaro maydonda islohotchi, deya tan olinmoqda, deya ta’kidlab о‘tildi.

Qat’iyat, shijoat va matonat sohibining nigohlarida bir ifodani kо‘rasiz: “Hukumat xalqqa xizmat qiladigan vaqt keldi”.

Tavallud ayyom va ulug‘ baxt, saodat Sizga qutlug‘ bо‘lsin, mening Prezidentim!