«Matematika va gо‘zallik» mavzusida tadbir о‘tkazildi.

«Matematika va gо‘zallik» mavzusida tadbir о‘tkazildi. post thumbnail image

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyida institutning “Oliy matematika” kafedrasi bilan hamkorlikda “Matematika va gо‘zallik” mavzusida ilmiy-ma’rifiy tadbir о‘tkazildi. Tadbirda ushbu kafedraning professor-о‘qituvchilari tomonidan matematika faniga oid qiziqarli ma’lumotlar berilgan bо‘lsa, muhandislik-texnologiyasi fakulteti 1-kurs talabalari tomonidan she’riy chiqishlar, saxna kо‘rinishlari namoyish qilindi. Tadbir sо‘ngida tadbirda faol ishtirok etgan institut talabalari va akademik litseyning matematika fanidan yuqori natijalarga erishayotgan bir guruh о‘quvchilari Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti rektorining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Related Post