Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyida О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 dekabrdagi “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari” tо‘g‘risidagi 4910-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Musiqa tо‘garagi” xonasi tashkil qilindi. Musiqa tо‘garagini tashkil qilishda hamda musiqa asboblari bilan ta’minlashda amaliy yordam kо‘rsatganligi uchun Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti rahbariyatiga akademik litsey pedagogik-jamoasi va о‘quvchilari nomidan samimiy tashakkur bildiramiz! Sizlarga katta rahmat hurmatli ustozlar!