Qarshi shahridagi IT Texnopark da “Zakovat” bilimdonlar bellashuvining Qashqadaryo viloyati bosqichi о‘tkazildi! Zakovat musobaqasida akademik litseyimiz sharafini Sarvar Ahmedov jamoa sardorligida Hamroyev Almos, Yoriqulov Nasibullo, Qobilov Farhod, Yaxshiboyev Barot va Tо‘rayev Sheralilardan iborat “Nuriston” jamoasi ham faol qatnashib, jamoaviy baxslarda faxrli 1-о‘rinni egallab, finalda ishtirok etish taklifnomasini qabul qilib oldilar. Shu munosabat bilan ustozlarimizni akademik litsey pedagogik jamoasi va о‘quvchilari nomidan samimiy tabriklaymiz. Final о‘yini shu yilning avgust oyida Toshkent shahrida о‘tkazilishi belgilangan. Final о‘yinida ham “Nuriston” jamoasiga g‘alaba yor bо‘lishini tilab qolamiz! JAMOAMIZGA OMAD YOR BО‘LSIN!