Bugun Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyida institutning Energetika fakulteti professor-о‘qituvchilari bilan hamkorlikda akademik litsey bitiruvchilari bilan davra suhbati tashkil qilindi. Tadbirda Energetika fakultetining Yoshlar bilan ishlash bо‘yicha dekan о‘rinbosari A.Rо‘ziyev, Issiqlik energetikasi kafedrasi mudiri T.Fayziyev, Muqobil energiya manbalari kafedrasi mudiri H.Davlonov, Elektr energetikasi kafedrasi о‘qituvchilari X.Holiqova, I.Ibragimov, Issiqlik eyenergetikasi kafedrasi doktoranti A.Xusenovlar ishtirok etib, bitiruvchi yoshlarga Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida yaratilgan sharoitlar, imkoniyatlar tо‘g‘risida tushuntirish berdilar. Shuningdek, Energetika fakultetida mavjud yо‘nalishlar, ularga о‘qishga kirish ballari, mutaxassisliklar tо‘g‘risida tо‘xtalishib, ushbu yо‘nalishlarni tugatgach qaysi sohalarda malakali mutaxassis bо‘lib faoliyat yuritish mumkinligini turli misollar bilan tushuntirib berdilar. Davra suhbati savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilindi.