Bugun, 21 avgust kuni yurtimiz bo‘ylab Vatanimiz mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan umumxalq obodonlashtirish xayriya hashari boshlandi. «Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!» shiori ostida o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hasharida Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyi jamoasi ham faol ishtirok etmoqda.

Hashar doirasida hududda keng ko‘lamdagi obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Ariq va lotoklar tozalanib, maishiy chiqindilari chiqarib tashlandi. Daraxtlarni oqlash, ularga shakl berish ishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Aytish joizki, xalqimizning azaliy ezgu qadriyatlaridan biri bo‘lgan hashar o‘zaro ahil-inoqlikni, mehr-oqibat va odamiylikni mustahkamlash vositasi sifatida ham xizmat qiladi.