Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti akademik litseyida joriy yilning 10 yanvaridan 24 yanvar kuniga qadar akademik litseyda faoliyat yuritadigan barcha pedagog-o‘qituvchilar xorijiy tillardan so‘zlashuv darslariga jalb qilindilar. O‘qituvchilar o‘zlarining xoxishlariga ko‘ra ingliz tili, nemis tili va rus tilidan akademik litseyning mahoratli o‘qituvchilaridan xorijiy tillarda muloqot qilish ko‘nikmalarini egallamoqdalar. Shuningdek, ushbu kunlar davomida turli seminar-treninglar, turli fanlardan “master klass” darslari, “Kitobxon o‘qituvchi” tadbiri, psixologik treninglar, o‘lkashunoslik muzeyi hamda ziyoratgohlarga sayohat qilish va turli sport musobaqalari ham tashkil qilinib kelinmoqda.