Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyida 1-dekabr “Butunjahon OITS ga qarshi kurash kuni” munosabati bilan ilmiy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Qashqadaryo viloyati OITS ga qarshi kurash markazi mutaxassislari: D. Yusupova, G. Zaripova hamda akademik litsey hamshirasi R. Ergasheva ishtirok etdi. Mutaxassislar tomonidan o‘quvchi-yoshlarga OITS ning kelib chiqish sabablari, yuqish yo‘llari, shuningdek, respublikamizdagi vaziyat, OIV kasalligi aholi ayniqsa yoshlar o‘rtasida aniqlanayotganligi achinarli hol ekanligi to‘g‘risida qiziqarli ma’lumotlar berildi. Tadbir so‘ngida mavzuga oid videorolik namoyish etildi.  Shuningdek, markaz mutaxassislari akademik litsey o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan devoriy gazetalarni baholab berdilar.