14 yanvar–Vatan himoyachilari kuni

14 yanvar–Vatan himoyachilari kuni post thumbnail image

Bugun Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil topganligining 32-yilligi munosabati bilan “14 yanvar–Vatan himoyachilari kuni”ga bag‘ishlangan harbiy vatanparlik ruhidagi ko‘rgazmali ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Qarshi shahri Xonobod qo‘rg‘onida joylashgan 10329-harbiy qism zobitlari mayyor Sh.Ahmedov, kapitan A.Qarshiboyev, serjantlar M.Mavlonov, D.Valiyev, U.Rahmatov hamda I.Innatullevlar ishtirok etishdi.

✅Tadbir davomida akademik litsey o‘quvchilari guruhlarga bo‘lingan holda harbiy vatanparvarlik hamda jismoniy sport shartlari bajardilar. O‘quvchilardagi shijoat, epchillik hamda tantanali saf mashqlari harbiy qism zobitlari tomonidan tomonidan baholab borildi.

Akademik litsey “Qalqon” jamoasining harbiy ko‘rgazmali chiqishlari barchada chuqur taassurot qoldirdi.

Tadbir o‘quvchilarda ona Vatanga muhabbat, uning himoyasi muqaddas burch ekanligi kabi g‘oyalarni yuksaltirishga xizmat qildi.

Related Post

Rektor tashrif buyurdi!Rektor tashrif buyurdi!

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyida institut rahbariyati va o‘quvchi-yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Dastlab o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Ibrat Ismoilov bilan birgalikda litsey rahbariyati bilan muloqot o‘tkazildi. Suhbat jarayonida mazkur o‘quv