Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyida 1-bosqich o’quvchilarining o’quvchilikka qabul qilish “Ramziy qasamyodi” tadbiri va ota-onalar yig’ilishi o’tkazildi.
Akademik litseyning kirish imtihonlarida yuqori ball to’plab o’qishga qabul qilingan o’quvchilar va ularning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi.
Tadbirda akademik litseyning o’quvchi yoshlari tomonidan Vatanni madh etuvchi she’rlar, raqs va qo’shiqlar ijro etildi.
Tadbirda 1-bosqich o’quvchi yoshlariga ramziy ma’no kasb etuvchi “Reyting daftarchasi” va “O’quvchi guvohnomasi”ni topshirish marosimi ham o’tkazildi.
Tadbir so’ngida oktabr oyida bo’lib o’tgan akademik litsey ichki test sinovlarida yuqori natijalar ko’rsatgan o’quvchilar va ularning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirilib, bir oylik stipendiyalar taqdim etildi. Tadbir so’ngida muddatidan oldin Italiya davlatining nufuzli oliygohiga talabalikka qabul qilingan 2-bosqich o’quvchisi e’tirof etildi.