Axborot resurs markazi

     Axborot resurs markazi

     Akademik litsey Axborot – resurs markazi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining axborot texnologiyalardan foydalangan holda axolining barcha qatlamini muntazam va mustaqil ravishda bilim olishga ko`maklashish uchun axborot kutubxona bilan ta`minlanishni tashkil etish to`g`risidagi PK-381 sonli qarori va viloyat hokimligi X-387/6 qarori, o`rta maxsus kasb-hunar ta`limi 446-sonli qarori ijrosini ta`minlash maqsadida akademik litsey direktorining Axborot-resurs markazi ma`lumot bazasini samarali tashkil etish to`g`risidagi № 29-M sonli buyrug`i asosida tashkil topgan. Bugungi kunda Axborot-resusr markazi umumiy fondi 18032 tani tashkil etadi. Ulardan

Umumta`lim darsliklar: 11867 ta                                                                                              

Siyosiy adabiyotlar: 2090 ta                                                                                                                              

Badiiy adabiyotlar: 4010 ta                                                                                                 

    O`MKHT Boshqarmasi tomonidan berilgan elektron darsliklar: 65 ta, 3200 ta badiiy va siyosiy va umumta`lim darsliklar hamda litsey o`qituvchilari tomonidan berilgan elektron ma`ruza matnlari   axborot –resurs markazi  elektroniy bazasiga joylashtirildi.  O`zbekiston Respublikasi Prizedentining 2017- yil 13- yanvardagi farmoyishida aytib o`tilganidek:  Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolasini  va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ`ibot qilish bo`yicha komissiya tuzish to`g`risidagi farmoyishiga asosan litsey Axborot – resurs markazi ushbu jadvalda keltirilgan o`z ichki chora tadbirlar rejasini ishlab chiqdi.  

     Axborot-resurs markazi 1058 ta o`quvchi 150 ta o`qituvchi va ishchi xizmatchilarga xizmat ko`rsatib undan 25 tasi mahalla yoshlaridir. ARM ga akademik litseyning  barcha pedagog o`qituvchi va o`quvchilari a`zo qilingan.   ARMda 40 o`rinli o`quv zali mavjud bo`lib, kitobxonlar bilim olishlari uchun  barcha  shart-sharoitlar yaratilgan. ARMda kitobxonlarning  har kunlik manitoring qilib borilib,  qatnov 130 ta, kitob berilishi 330 tani tashkil qiladi. ARMning yillik qatnovi  84000  ta, kitob aylanishi 252000 tani tashkil qiladi. 2017-2018 o`quv  yili Axborot-resurs markazi fondini boyitish uchun O`MKHTBoshqarmasi tomonidan  360 ta, litsey direktori tomonidan 20 ta,  o`qituvchilar tomonidan 15 ta hamda litsey 1- kurs o`quvchilari tomonidan 370 ta adabiyotlar taqdim etildi. 2017-2018 o`quv yili uchun 23 nomda, 91 sonda gazeta va 4 nomda jurnallarga obuna qilindi.

    Axborot-resurs markazida olib kelingan adabiyotlar inventar kitobiga ro`yxatga olinib, barcha adabiyotlarga kitob yorlig`i, kitob pasrorti yopishtirilib ishlov berildi. Axborot-resurs markazi jamlanma daftariga barcha kitoblarning narxlari kiritib borildi.Axborot-resurs markazi har 3 oyda bug`alteriyaga hisobot topshirib bordi.Axborot-resusr markaziga kelgan xatlar manitoring qilinib, so`ralgan joylarga yetkazildi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan chiqarilgan qonun, qaror va farmoyishlarini kitobxonlarga o`z vaqtida taqdim qilib borildi.

     Axborot-resurs markazi “Ziyonet “ ga ulangan bo`lib, barcha guruh o`quvchilari tuzilgan jadval asosida foydalanishlari tashkil etildi. Akademik litseyning 2 va 3-kurs o`quvchilarini DTM da chiqgan  yangiliklar bilan tanishtirib borildi. O`quvchilar, qaysi o`quv yurtga kirishi uchun DTMdan  ma`lumotlar berib borildi. Axborot-resurs markazida mavjud “Armat” dasturiga 200 ta o`quv darsliklar hamda 150 dan ortiq badiiy va siyosiy asarlar kiritib borildi.

I.Tashkiliy ishlar:

Yangi o`quv yilida o`qituvchi va 1-bosqich o`quvchilarini axborot-resurs markazi bilan tanishtirib a`zo qilish, ziyonet tarmog`idan mustaqil foydalanishlarini tashkil qilindi. Axborot-resurs markazi kengash a`zolarini tuzdi va tadbirlar rejasini ishlab chiqdi. 2017-2018 o`quv  yil uchun gazeta va jurnallarga obuna bo`lishga ko`maklashdi. Axborot-resurs markazi fondi yangi chiqqan adabiyot vadarsliklar bilan to`ldirib borildi. O`quv zalini kamyob adabiyotlar bilan boyitib borildi. Axborot-resurs markazi fondini mazmunan eskirgan yaroqsiz holga kelgan kitoblardan tozalab boridi.Guruhlar o`rtasida “Eng faol kirobxonlarni aniqlab borilib ularni eng faollari faxri yorliq va kitoblar bilan taqdirlanib borildi.Axborot-resurs markazi “Armat” dasturi ishlarini tashkil qildi,elektron kartatikalarini yaratdi.

II.Uslubiy ishlar:

Axborot-resurs markaziga olib kelingan yangi adabiyotlar hisobga olindi, ularga texnik ishlov berilib, bo`limlarga tartib bilan joylashtirildi. Axborot-resurs markazining kunlik va oylik manitoring qilib, kelgan xatlarni o`z vaqtida bajarilishini tashkil qilindi, fan yoki sohalar bo`yicha ma`lumotlar jamlanmasini yig`ib , kelayotgan gazeta va jurnallarni doimiy tikib, kartatekasini tuzib borildi. O`quv yurtida o`tkazilayotgan ommaviy tadbirlarga faol qatnashildi. Axborot-resurs markazida muhim sanalarga bag`ishlab, kitob va gazetalar ko`rgazmalari tashkil etib borildi.