Xotin-qizlar boshlang’ich tashkiloti

     Davlatimizda xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish, ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayotidagi to’laqonli ishtirokini ta’minlash yuzasidan muayyan ishlar olib borilmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017- yil 16- martdagi 149-sonli ,,O’zbekiston Respublikasi Bosh vazir o’rinbosarlari O’zbekiston xotin-qizlar qo’mitasi raisining kotibiyat to’g’risidagi nizomlarini tasdiqlash haqida” gi qarori hamda o’rta maxsus, kasb hunar ta’limi markazining 2017 yil 23 martidagi 124 sonli buyrug’ini ijrosini ta’minlash maqsadida akademik litseyda xotin-qizlar qo’mitasini ishlari tashkil etildi. Xotin qizlar qo’mitasining ishlarini tashkil qilishda asosiy e’tibor o’quvchi qizlarning axloqi, ta’lim-tarbiyasi, yurish-turish, muomala va kiyinish madaniyati, bo’sh vaqtlardan qanday foydalanayotgani, o’qituvchi va o’quvchi qizlar o’rtasidagi munosabat, ma’naviy ma’rifiy tadbirlarda, ko’rik tanlovlarda, sport musobaqalardagi ishtiroki va hokazolarga qaratildi.

Akademik litseyining 2017-2018 o’quv yili uchun xotin-qizlar qo’mitasining ish rejasi tuzildi va reja asosida choraklik, oylik, haftalik ish rejalar ham tuzib olindi. Xotin-qizlar qo’mitasi boshlang’ich tashkiloti ish faoliyatini rejaga asosan sentabr oyidan ish boshladi. O’quv yilining boshlanishi bilan litsey qizlarining yig’ilishi o’tkazilib, har bir guruh va litsey qizlar qo’mitasi raislari saylandi.

2017-2018 o’quv yilida akademik litseyida 67 nafar xotin qizlar faoliyat olib borgan, shundan 47 nafari o’qituvchi pedagog xodimlarni tashkil etadi. Akademik litseyning uchala bosqich guruhlarida 515 nafar qizlar tahsil olgan, shulardan 135 nafar 1-bosqich o’quvchi qizlari, 131 nafar 2- bosqich o’quvchi qizlari, 249 nafari 3- bosqich o’quvchi qizlarni tashkil etgan. Akademik litsey o’quvchilar turar joyida 184 nafari qizlar istiqomat qilishdi.O’quvchilar turar joyida o’quv yilining boshidan har bir seksiyada qizlar sardoiiari tayinlanib , shuningdek o’quvchilar turar joyida yashovchi qizlarga oyida bir marta yig’ilish o’tkazib borildi.

O’zbekiston Respublikasi xotin – qizlar qo’mitasi tashabbusi bilan respublikamizdagi o’quv muassasalarida, shu jumladan bizning akademik litseyimizda ham „Qizlarjon klubi“  tashkil etildi, bu to’garakni tashkil etishdan maqsad qizlarda shaxsiy gegiyena qoidalarini to’g’ri shakllantirish, tibbiy madaniyatni oshirish, qizlarni o’zi va atrof-muhitga e’tiborini kuchaytirish, balog’atga yetmagan qizlarni erta turmush qurishining oldini olish haqida keng tushuncha berishdan iboratdir.

Yil davomida ijro intizomi, erta turmush, onalar o’limi, tibbiyot xodimlarining o’quv muassasalari bilan hamkorlikda „Sog’lom turmush tarzi tamoyillari” mavzusida davra suhbatlari o’tkazildi.

2017 yil 6 oktabrda «O’quvchi qizlar o’rtasida balog’at davri» mavzusida davra suhbati, 2017 yil 10 oktabrda O’quvchi-yoshlar uyida «Tozalik sog’lik garovi» mavzusida , 2017 yil 7 noyabrda litsey yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti hamkorligida «Yoshlarni ezgu maqsad yo’lida birlashtirish hamda yoshlar o’rtasida iqtidorli o’quvchilarni aniqlash» mavzusida davra suhbati, 2017 yil 14 dekabrda akademik litsiy psixoligi bi lan hamkorligida «Akademik litseyi qizlari o’rtasida ichki muhitni yaxshilash» mavzusida davra suhbati, 2018 yil 28 levralda Qarshi shahar tibbiyot birlashmasi hamkorligida o’quvchi qizlar o’rtasida „Erta turmush qurush holatining tibbiy, ma’naviy, iqtisodiy va ijtimoiy asoratlari haqida” mavzusidagi yig’ilish shuningdek 2018 yil 1 mart Zulfiyaxonim lavalludiga bag’ishlangan ARM hamkorlikda „Baxtim shul- o’zbekning Zulfiyasiman” she’riyat kechasi , 2018 yil 7 mart kuni o’quvchi qizlar o’rtasida 8- mart «Xalqaro xotin – qizlar kuni» munosabati bilan «Bahorning yeti malagi» mavzusida ko’rik tanlov o’tkazildi. Bundan tashqari rejaga asosan o’quvchi qizlar bilan «Odam savdosi – qullik balosi», “O’zbekiston yoshlari terrorizmga qarshi”, “To’g’ri ovqatlanish tartibi“, «Bugungi qiz ertangi ona» mavzularida suhbatlar o’tkazildi.

Iqtidorli qizlardan 1 bosqich o’quvchisi Abdurahmonova Asilaning «Sizga ta’zim bobojon» nomli she’riy to’plami nashr etildi. Shuningdek, Abdurahmonova Asila ’’Yoshlar ijodida vatan madhi” ko’rik tanlovining shahar bosqichida 1-o’rinni, viloyat bosqichida «Ifodali she’r o’qish» nominatsiyasi bo’yicha 1-o’rinni egalladi. 2018-yil aprel oyida o’tkazilgan “Atlas” savdo majmuasida “Yosh hunarmandlar” ko’rgazma savdo yarmarkasida 1 bosqich o’quvchilaridan Eshdavlatova Muhlisa va Bo’riyeva Oygullar o’zlari tayyorlagan hunarmandchilik namunalari bilan ishtirok etdilar. Akademik litseyda iqtidorli qizlarimiz uchun “Zulfiyahonim qizlari” nomidagi davlat mukofotini targ’ib etish va mukofotga ijod hujjatlarini tartibga solish yuzasidan tavsiya va maslahatlar olib borildi. 2017-2018 o’quv yilida akademik litseyning 1-bosqich o’quvchilari Abunazarova Dilshunos va Mirzayeva Xumora adabiyot yo’nalishi bo’yicha “Zulfiyaxonim qizlari” ko’rik tanlovining tuman bosqichida ishtirok etishdi.

Yil davomida qizlarga guruh rahbarlari bilan kerakli maslahatlar berib borildi. Akademik litsey tartib intizomiga rioya qilmagan qizlarning ota onalari bilan hamkorlikda ish olib borilib, qizlardan tushuntirish xatlari olindi. Akademik litsey o’quvchi qizlari o’tkazilgan tadbirlar, yig’ilishlar, obodonlashtirish, orastalik ishlarida faol ishtirok etdilar.O’quv yili davomida akademik litseyda O’MKHT Boshqarmasidan kelgan buyruq va xatlarning ijrosi o’z vaqtida ta’minlandi.

2018-2019 o’quv yilida akademik litseyda jami 379 nafar qiz tahsil olmoqda. O’quv yili boshidan yillik rejalar tuzilib, rejaga asosan qizlarning umumiy yig’ilishi o’tkazilib, guruh qizlar sardorlari  belgilab olindi.

O’zbekiston Xotin-qizlar qo’mitasi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 fevraldagi PF-5325-sonli “Xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, qizlarni bilim olishga bo’lgan qiziqishlarini oshirish , uzliksiz ta’limning mazmun-mohiyatini tushuntirish va kasb-hunarga yo’naltirish maqsadida “Xalqaro qizlar kuni” munosabati bilan joriy yilning 11 oktabr II-Respublika qizlar festevalida  akademik litseyning III-bosqich o’quvchi qizlaridan Erdanova Yulduz va Choriyeva Barnolar istirok etishdi.