Joriy yilning 9-sentabr kuni Qarshi muhandislik- iqtisodiyot instituti akademik litseyida “Quyosh maktabi” loyihasiga O’zbekistondagi ta’lim muassasalari ichida akademik litseyning birinchi bo’lib qabul qilinganligi munosabati bilan ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Xalqaro onlayn tadbirda O’zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi vakili Bunyod Rahmatullayev, Gyote instituti rahbari janob Yan Helfer, Gyote instituti til bo’limi boshlig’i Dildora Muhammadaminova, PASCH loyihasi koordinatori Elena Yankovich, “Eclareon” quyosh kompaniyasi vakillari, «Ideas into energy GMBH» firmasi vakili janob Christoph Urbschat, Toshkent davlat texnika universiteti professori janob  Mirzarahimov, «Mir Solar» firmasi vakili Akram Mirzabayev, Qarshi muhandislik- iqtisodiyot instituti Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Alibek Eshov,  akademik litsey direktori Akmal Qudratov, nemis tili o’qituvchilari, litsey o’quvchilari ishtirok etdilar.

Ushbu xalqaro seminarda quyosh energiyasi, qurilmalari va ularning ekologik foydasi haqida ma’lumotlar berildi. Bundan tashqari litseyning 2 nafar  o’quvchisi o‘quv dargohi haqida prezentatsiya qildi, bu yerdagi shart-sharoitlar bilan tanishtirdi. Akademik litseyda o‘rnatilgan quyosh batareyasi paneli, undan foydalanib tashkil etilgan  MINT loyihalari to’g’risida ma’lumotlar berildi. Seminar yakunida qizg’in savol-javoblar bo’lib o’tdi. O‘quvchilar quyosh energiyasi sohasidagi yangiliklar va jarayonlar haqida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.