Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyida О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 dekabrdagi “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PQ-4910-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan umumta’lim maktablarining 9-sinf о‘quvchilari о‘rtasida “Bilimlar bellashuvi” mavzusida fan olimpiadalari tashkil qilindi. Fan olimpiadalarida 600 nafarga yaqin о‘quvchilar ishtirok etib, 13ta umumta’lim fanlari – matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika, ona tili va adabiyoti, tarix, huquqshunoslik, geografiya, ingliz tili, nemis tili, fransuz tili, rus tillari bо‘yicha bilimlarini sinovdan о‘tkazdilar. Bilimlar bellashuvida faol ishtirok etib, yuqori natijalarni qо‘lga kiritgan о‘quvchilar akademik litsey rahbariyatining diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.