BMT bosh Assambleyasining 1999-yil 17-dekabrdagi Rezolyutsayisaga binoan 25-noyabr Xalqaro xotin-qizlar zo‘ravonligiga qarshi kurash kuni sifatida belgilangan. Shu munosabat bilan Respublikamizning barcha ta’lim muassasalarida 25-noyabrdan 10-dekabrgacha «Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun» kampaniyasi o‘tkazilish rejalashtirilgan. Kampaniya doirasida 3-dekabr kuni Qarshi muhandislik- iqtisodiyot instituti akademik litseyi o‘quvchi qizlar uchun “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” mavzusidagi davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida 3-sonli IIB xotin-qizlar masalalari bo’yicha katta inspektori, podpolkovnik Z.Rustamova xotin-qizlarning turli tazyiq va zo’ravonliklardan himoya qilish, ularga berilayotgan imkoniyatlar va imtiyozlar haqida ma’ruza qildi. «Mustaqillik» MFY rasmiy otinoyisi R.Hamitova ham so’zga chiqib, o’quvchilarga ta’lim muassasalarida odob-axloq va kiyinish madaniyati to‘g‘risida so’zladi. Davra suhbatidan o’quvchi yoshlar o’zlari uchun kerakli xulosalar oldilar.