Onlayn ro’yhatdan o’tish boshlandi.
QARSHI MUHANDISLIK – IQTISODIYOT INSTITUTI AKADEMIK LITSEYIDA 2023-2024- О‘QUV YILI UCHUN HUJJATLARNI QABUL QILINISHI JARAYONI BOSHLADI.
Hurmatli ota-onalar va abituriyentlar! Sizga shuni mamnuniyat bilan ma’lum qilamizki, 1 maydan 30-iyungacha Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyi 2023-2024 o’quv yili uchun 9-sinf bitiruvchilarini hujjatlarini qabul qilishni boshladi!
Akademik litseyda o’quv dasturi turli xil fanlarni qamrab oladi va to’rtta yo’nalishga bo’lingan:
- Aniq fanlar (texnika)
2. Aniq fanlar (iqtisod)
3. Tabiiy fanlar (biologiya, kimyo) - Ijtimoiy gumanitar fanlar (yurisprudensiya- huquq, chet tili)
5. Ijtimoiy gumanitar fanlar (tarix, geografiya)
6. Xorijiy tillar (ingliz tili, nemis tili)
О‘quvchilar, ularning ota-onasi yoki ota-onasining о‘rnini bosuvchi shaxslar Maslahat kengashiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
1.Ta’lim yо‘nalishi, о‘quv tili, shakli kо‘rsatilgan ariza (chet tilidan saralash imtihoni topshirish belgilangan yо‘nalishlarda arizada qaysi chet tilidan saralash imtihoni topshirish hamda saralash imtihonni о‘tkazish qoidalari bilan tanishganligi kо‘rsatiladi);
2.Shaxsini tasdiqlovchi hujjat (tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma yoki pasport) nusxasi;
3. 3,5×4,5 sm о‘lchamdagi 6 ta rangli fotosurat.
4. Tanlovdan tashqari о‘qishga imtiyozli kirish huquqiga ega bо‘lgan xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar, musobaqalar g‘oliblari asl nusxadagi diplom, sertifikat, guvohnoma yoki boshqa tasdiqlovchi hujjatlarni topshiradilar.
Xalqaro olimpiadalar, tanlovlar, musobaqalar hamda О‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan belgilangan tartibda tashkil etilgan fan olimpiadalari III bosqichida 1-5 о‘rinlarni egallagan 9-sinf о‘quvchilar saralash imtihonidan ozod etiladi va akademik litseyning taalluqli ta’lim yо‘nalishiga belgilangan qabul kvotasidan tashqari qabul qilinadi.
Vazirliklar va idoralar tomonidan belgilangan tartibda tashkil etilgan tanlov va musobaqalarning Respublika bosqichida 1-3-о‘rinlarni egallagan 9-sinf о‘quvchilari ushbu vazirliklar va idoralar tizimidagi akademik litseyga о‘tkaziladigan saralash imtihonlaridan ozod qilinadi va tegishli akademik litseyning taalluqli ta’lim yо‘nalishiga belgilangan qabul kvotasidan tashqari qabul qilinadi.
MUROJAAT UCHUN:
Manzil: Qarshi shahri A. Navoiy shohkо‘chasi 64- uy
Tel: 55 401-20-02, 91 320-48-49, 99 056-07-08
Faks: 55-401-20-02
Web site: www.litsey-qmii.uz
E-mail: litsey@qmii.uz
Теlegram: t.me/qmii_academ_letsiy
Facebook: www.facebook.com/2000qarmiial
Instagram:www.instagram.com/qarmiial_axborot_xizmati/