Fulbright TEA- 2021 AQSH dasturi Qashqadaryo viloyati g’olibi yurtimizga qaytdi.  Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyida ingliz tili o’qituvchisi, ushbu grant g’olibi Nargiza Xonaliyeva aprel-may oylarida Fulbright TEA dasturida muvaffaqiyatli ishtirok etib, AQSH ning Nevada shtati Reno shahrida Nevada-Reno universitetida malaka oshirib qaytdi. Shu munosabat bilan akademik litseyda davra suhbati-seminar tashkil etildi. Seminarda akademik litsey o’qituvchilari va xorijiy tillar yo’nalishi o’quvchilari faol qatnashdilar. N. Xonaliyeva ma’lumotlarga boy va motivatsion taqdimot namoyish etdi. Unda malaka oshirish taassurotlari, Nevada shtati ta’lim tizimi, ayniqsa, litseylarining bizning litseylaridan farqlari va o’xshashliklari, ilg’or va interaktiv ta’lim metodlarini dars mashg’ulotlarida samarali qo’llanilishi haqidagi fikr mulohazalari bilan o’rtoqlashdi. Malaka oshirishga jo’nab ketishi oldidan N.Xonaliyeva o’z o’quvchilariga Amerikalik tengdoshlariga xatlar yozish g’oyasini bergan va ularning ba’zilari xat yozgan edilar. Eng hayajonlisi o’quvchilarning o’z xatlariga Amerikalik tengdoshlaridan javob xati olganliklari bo’ldi. O’quvchilarning endi «pen-friend»lari borligi ingliz tilini yanada yaxshiroq o’rganishga bo’lgan qiziqishlarini yanada orttirishga xizmat qiladi. Taqdimotdan so’ng o’qituvchilar va o’qituvchilardan o’zlarini qiziqtirgan ko’plab savollarga javob berildi. Shubhasizki, ushbu davra suhbati samarali va sermazmun bo’ldi.