O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi Qashqadaryo viloyati vakilligi hamda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyi o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Memorandum doirasida xorijiy tillarni o’qitishda zamonaviy metodikalarni qo’llash, asosiy til ko’nikmalarini amaliy rivojlantirish, o’quvchilar bilimlarini baholashning xalqaro tan olingan uslublaridan foydalanish, pedagoglar faoliyatini qo’llab quvvatlash, turli ko’rik tanlovlar o’tkazish va umumiy soha faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish masalarini amalga oshirish qayd etildi. Tadbirning ikkinchi qismida agentlik hamda akademik litseyning ingliz tili o’qituvchisi USA Fullbright TEA Alumna Nargiza Xonaliyeva tashabbusi bilan o’quvchilar o’rtasida SPEECH EVENT o’tkazildi. Ushbu tadbirda Amerikalik ingliz tili mutaxassisi Marco Belmar va agentlik vakillari ishtirok etishdi. Musoboqa yakunida ishtirokchilar va g’oliblar sertifikat va sovg’alar bilan taqdirlandi.