«Ikki xalq dilbandi»

«Ikki xalq dilbandi» post thumbnail image

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyi axborot resurs markazida viloyat bolalar kutubxonasi bilan hamkorlikda o’zbek xalqining atoqli shoiri va yozuvchisi, dramaturg, adabiyotshunos olim va tarjimon Maqsud Shayxzoda tavalludining 115 yilligi munosabati bilan «Ikki xalq dilbandi» nomli adabiy-badiiy kecha tashkil qilindi.

Kechani ona tili va fani o‘qituvchisi (PhD) F.Rajabov kirish so‘zi bilan ochib berib, M.Shayxzodaning hayoti va ijodi, umr kechmishlari to’g’risida ma’lumot aytib o’tdi.

✅Viloyat bolalar kutubxonasi mutahassisi G. Ishonqulova Maqsud Shayxzodaning hayoti va ijodi, asarlari haqida ma’lumot berdi.

O‘quvchilar tomonidan kun mavzusiga doir ijro etilgan she’riy parchalar o‘qildi.

Kecha so‘ngida «Ikki xalq dilbandi» mavzusida videorolik namoyish etildi.

Related Post

Konstitutsiya – o‘zimizniki!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildiKonstitutsiya – o‘zimizniki!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyi hamda Mullato’ychi Toshmuhammedov nomidagi viloyat musiqali drama teatri ijodkorlari bilan hamkorlikda “Konstitutsiya – meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya – o‘zimizniki!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Targ’ibot