9-sinf bitiruvchilarini qabul qilish tartibi
QARSHI MUHANDISLIK – IQTISODIYOT INSTITUTI AKADEMIK LITSEYIDA 2022-2023 О‘QUV YILI UCHUN HUJJATLARNI ONLAYN QABUL QILINISHI JARAYONI BOSHLANDI.
Hurmatli ota-onalar va abituriyentlar! Sizga shuni mamnuniyat bilan ma’lum qilamizki, 15 apreldan 30-iyungacha Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyi 2022-2023 o’quv yili uchun 9-sinf bitiruvchilarini onlayn ro’yxatdan o’tkazishni boshladi!
Akademik litseyda o’quv dasturi turli xil fanlarni qamrab oladi va to’rtta yo’nalishga bo’lingan:
📌 Aniq fanlar (texnika)
📌 Aniq fanlar (iqtisod)
📌 Tabiiy fanlar (biologiya, kimyo)
📌 Tabiiy fanlar (kimyo, matematika)
📌 Ijtimoiy gumanitar fanlar (yurisprudensiya)
📌 Xorijiy tillar (ingliz tili, nemis tili)
О‘quvchilar, ularning ota-onasi yoki ota-onasining о‘rnini bosuvchi shaxslar Maslahat kengashiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
1.Ta’lim yо‘nalishi, о‘quv tili, shakli kо‘rsatilgan ariza (chet tilidan saralash imtihoni topshirish belgilangan yо‘nalishlarda arizada qaysi chet tilidan saralash imtihoni topshirish hamda saralash imtihonni о‘tkazish qoidalari bilan tanishganligi kо‘rsatiladi);
2.Shaxsini tasdiqlovchi hujjat (tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma yoki pasport) nusxasi;
3. 3,5×4,5 sm о‘lchamdagi 6 ta rangli fotosurat.
4. Tanlovdan tashqari о‘qishga imtiyozli kirish huquqiga ega bо‘lgan xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar, musobaqalar g‘oliblari asl nusxadagi diplom, sertifikat, guvohnoma yoki boshqa tasdiqlovchi hujjatlarni topshiradilar.
О‘quvchilarni akademik litseyga о‘qishga qabul qilish bо‘yicha saralash imtihonlari har yili 10 iyuldan 25 iyulga qadar О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Xalq ta’limi vazirligining qо‘shma qarori bilan tasdiqlangan reja asosida amalga oshiriladi.
Xalqaro olimpiadalar, tanlovlar, musobaqalar hamda О‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilangan tartibda tashkil etilgan fan olimpiadalari III bosqichida 1-5 о‘rinlarni egallagan 9-sinf о‘quvchilar saralash imtihonidan ozod etiladi va akademik litseyning taalluqli ta’lim yо‘nalishiga belgilangan qabul kvotasidan tashqari qabul qilinadi.
Vazirliklar va idoralar tomonidan belgilangan tartibda tashkil etilgan tanlov va musobaqalarning Respublika bosqichida 1-3-о‘rinlarni egallagan 9-sinf о‘quvchilari ushbu vazirliklar va idoralar tizimidagi akademik litseyga о‘tkaziladigan saralash imtihonlaridan ozod qilinadi va tegishli akademik litseyning taalluqli ta’lim yо‘nalishiga belgilangan qabul kvotasidan tashqari qabul qilinadi.
MUROJAAT UCHUN:
Manzil: Qarshi shahri A. Navoiy shohkо‘chasi 64 uy
Tel: 55 401-20-02, 90 679 -85-05, 97 711 -19-82
Faks: 55-401-20-02
Web site: www.litsey-qmii.uz
E-mail: litsey@qmii.uz
Теlegram: t.me/qmii_academ_letsiy
Facebook: https://www.facebook.com/2000qarmiial
Hujjatlarni onlayn qabuli bot kanali: @Qarshi_MII_AL_Registration_bot
Qabul hujjatlarini jo’natish yo’riqnomasi bo’yicha yordamchi kanal: https://t.me/QarMII_AL_qabul