Iqtidorli o’quvchilar markazi

Iqtidorli o’quvchilar markazi

Iqtidorli o‘quvchilar – O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotini hamda uning jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallashini ta’minlovchi muhim omil va millat ziynati hisoblanadi. Iqtidorli o‘quvchilar turli ko‘rik tanlovlar, fan olimpiadalari, musobaqalar, konferensiya va boshqa anjumanlarda, shuningdek, maxsus psixologik, pedagogik test o‘tkazish orqali aniqlanadi. Ular maqsadga intilish, qat’iylik va mehnatsevarlik kabi fazilatlari hamda ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanish istagi bilan ajralib turadilar. Iqtidorli o‘quvchilarni izlash, aniqlash va ular bilan maqsadli ishlashning asosiy maqsadi – respublikaning ilmiy va ijodiy salohiyatini rivojlantiruvchi intelektual elitani tayyorlash va bu borada yuksak iste’dod sohiblariga, bilimning tegishli sohalari va fanning aniq yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z  tabiiy qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlantirish, o‘zlaridagi noyob iste’dodni ro‘yobga chiqarish uchun imkoniyatlar yaratishdir.

O‘zbekiston Respublikasining  ”Ta’lim tog‘risida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining  2008 yil 13-oktabrdagi  “O‘zbekiston  iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi  226-sonli qarori hamda 2012-yil 10-dekabrdagi “Chet tillarini o‘qitish tizimini  yanada takomillashtirish chora-tadbirlari”  to‘g‘risidagi qarori asosida   ”Nuriston” akademik litseyida tahsil olayotgan o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazishlari, til o‘rganishlari, har tomonlama ularning qiziqish va intilishlarini inobatga olish hamda ularni  qo‘llab-quvvatlash maqsadida, akademik litseyning  iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash markazi va guruh rahbarlarining iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash rejalari  tuzildi.  Rejaga binoan akademik litseyda turli  tadbirlar  o‘tkazildi.

Akademik litseyda iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashni sifatli tashkil etish maqsadida iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash markazining Nizomi, iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash markazining ish rejasi, konferensiya, olimpiada, ko‘rik-tanlov o‘tkazilishiga oid hujjatlar tayyorlanib,  alohida xona jihozlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Xalq ta’limi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2009-yil 1-maydagi 18 Q/Q, 20,13 Q/Q-sonli qo‘shma qarorlari bilan tasdiqlangan hamda O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligidan 2009-yil 2-iyunda 1962-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “Akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablari o‘quvchilarining umumta’lim fanlari bo‘yicha Respublika olimpiadalarini o‘tkazish va Xalqaro fan olimpiadalari ishtirokchilarini tanlash to‘g‘risidagi Nizom” asosida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilarining umumta’lim fanlari bo‘yicha Respublika olimpiadasining

I bosqichi 2017 yil 11 dekabrdan – 16 dekabr kunlar (Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida)

II bosqichi –2018 yil 6 yanvardan – 9 yanvar kunlari (Tuman(shahar)larda)

III bosqichi –2018 yil 27 martdan  – 30 mart kunlari (Viloyatda)

IV bosqichi–2018 yil 28 maydan-31 may kunlari (Toshkent shahrida) bo‘lib o‘tdi.

Akademik litseyda 2017 yil 11 dekabrdan 16 dekabrga qadar umumta’lim fanlar   bo‘yicha I bosqich fan olimpiadasi tasdiqlangan jadval asosida har kuni o‘quv mashg‘ulotlaridan so‘ng quyidagi fanlardan o‘tkazildi.

  1. Ona tili va adabiyot
  2. Rus tili va adabiyot
  3. Ingliz tili
  4. Fransuz tili
  5. Nemis tili
  6. Matematika
  7. Fizika
  8. Biologiya
  9. Kimyo
  10. Geografiya
  11. Informatika
  12. Tarix

Fan olimpiadasida 12 ta fan bo‘yicha eng iqtidorli  I-II-III  kurs o‘quvchilari qatnashdilar. Umumta’lim fan olimpiadasining shahar bosqichida  54 nafar, viloyat  bosqichida 55 nafar ya’ni II kursdan 27 nafar va III kursdan 28 nafar o‘quvchi qatnashdi. Viloyat bosqichining natijalari hakamlar hay’ati tomonidan tahlil qilinib, 9 nafar III kurs o‘quvchilari faxrli o‘rinlarni egallab, Respublika bosqichiga yo‘llanma olib, quyidagi natijalarga erishdilar:

  1. Shuhratov Xudoyberdi – matematika fanidan 87,25 ball
  2. Rajabov Mahmud – ona tili va adabiyot fanidan 83 ball
  3. Elguzarov Jahongir – tarix fanidan 77 ball
  4. Sayfullayeva Marjona – matematika fanidan 74 ball
  5. Xayitova Iqbol – fransuz tili fanidan 67,75 ball
  6. Ko‘chimov Shohruhmirzo – ingliz tili fanidan 67 ball
  7. Komilova Farangiz – nemis tili fanidan 57,3 ball
  8. Nomozova Zarnigor – fizika fanidan 57 ball
  9. Toshtemirova Durdona – nemis tili fanidan 52 ball

2017-2018 o‘quv yilida umumta’lim fan olimpiadasining IV tur  Respublika bosqichida akademik litseyning 301- guruh o‘quvchisi Shuhratov Xudoyberdi matematika fanidan faxrli 3-o‘rinni egallab, oily o‘quv yurtiga imtiyozli (davlat granti) kirish huquqini qo‘lga kiritdi.

Akademik litseyning  4 nafar II kurs o‘quvchilari esa I o‘ringa sazovor bo‘lib, 2018-2019 o‘quv yilida imtiyozli ravishda fan olimpiadasining III bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdilar. Ular quyidagilar:

  1. Aliguseynova Eleonora – rus tili fanidan 1- o‘rinni
  2. Erdonayeva Yulduz – nemis tili fanidan 1- o‘rinni
  3. Alimov Mansur – fizika fanidan 1- o‘rinni
  4. Chorshanbiyev Ramazon – geografiya fanidan 1- o‘rinni

Fan olimpiadalarining I,II,III bosqich natijalariga ko‘ra iqtidorli o‘quvchilarni rag‘batlantirish maqsadida akademik litsey ma’muriyati jami 85 nafar o‘quvchiga esdalik sovg‘alari hamda faxriy yorliqlar topshirdi.

Akademik litseyning iqtidorli va ijodkor o‘quvchilari bilan alohida ishlash, ularning  vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda ijodlarini rag‘batlantirish maqsadida iqtidorli o‘quvchilar ro‘yxati shakllantirildi. Iqtidorli ijodkor o‘quvchilarimiz Yoshlar markazi va Barkamol avlod  gazetasi tasarrufidagi ijodkor o‘quvchilarning to‘garagiga a’zo bo‘ldilar.

2018 yil I  bosqich 112-guruh oquvchisi  Abdurahmonova Asilabonuning ”Sizga ta’zim bobojon”  nomli ilk she’riy to‘plamini chop etildi.

2018 yil 7-fevral oyida o‘quvchilar ongida vatanparvarlik ruhini shakllantirish maqsadida she’rxonlik kechasi o‘tkazildi. Unda akademik litseyning 109-guruh o‘quvchisi Po‘latova Zarina, 112-guruh o‘quvchisi Abdurahmonova Asilabonu, 205-guruh o‘quvchisi Jo‘raboyeva Mahdiya, 207-guruh o ‘quvchisi Rahmatova Laylolar qatnashdilar. Unda g‘olib bo‘lgan Abdurahmonova Asilabonu tanlovning shahar bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

“Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” va O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunlaridan kelib chiqib,  yosh avlodni zamon ruhida tarbiyalash,  institut   bilan akademik litseylar o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, iqtidorli o‘quvchilarni munosib moddiy rag‘batlantirish va ma’naviy  qo‘llab-quvvatlash maqsadida Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institut stipendiyasiga tanlovlar o‘tkazilib borildi.