Aniq va tabiiy fanlar kafedrasi va a’zolarining ish faoliyatini to’g’risida
M A ‘ L U M O T
“Aniq va tabiiy fanlar” kafedrasida jami 26 nafar o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Shundan 23 nafari doimiy, 3 nafari soatbay asosida faoliyat ko‘rsatadilar.
Kafedraning yillik o‘quv soati to‘g‘risida umumiy ma’lumot kafedrada mavjud.
– Kafedra hujjatlarini yuritish yo‘riqnomasi kafedrada mavjud. Kafedraga tegishli bo‘lgan hujjatlar yangi Nizom asosida tuzilgan va tasdiqlangan.
– Kafedrada 2020-2021 o‘quv yili uchun tuzilgan Ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasi tasdiqlatilgan.
– Kafedra o‘qituvchilari to‘g‘risida umumiy ma’lumot, kafedraning yillik ish rejasi mavjud.
– Kafedrada Nizomlar va tegishli buyruqlar, qarorlari, buyruq va ko‘rsatmalar, O‘rta maxsus ta’limi tizimiga doir yo‘riqnomalar , yillik o‘quv yuklamalari, ishchi o‘quv rejasi, kafedraga tegishli fanlarni DTS talablari va Tarmoq ta’lim standartlari, kurslar bo‘yicha Namunaviy o‘quv dasturlari, kafedra o‘qituvchilarining kurslar va guruhlar kesimidagi dars soatlarining taqsimoti kafedra mudiri tomonidan taqdim etildi.
-Kafedraning 2018 – 2023 yillarga mo‘ljallangan Istiqbol ish rejasi mavjud va tasdiqlangan.
-Yosh o‘qituvchilarga murabbiy o‘qituvchilar biriktirilgan. Joriy o‘quv yilida o‘tkazilishi lozim bo‘lgan Ochiq darslar rejasi tuzilgan. Kafedra o’qituvchilarining ochiq va namunali darslari fevral, mart va aprel oylarida o’tkazilishi rejalashtirilgan.
-O‘quv yilida o‘tkazilagan boshlang‘ich, oraliq nazorat natijalari ular uchun alohida papka tashkil etilib, olingan yozma ish va test sinovi natijalari to‘plab borilgan hamda tahlil qilinganlik ijrosi qayd etilgan.
-Kafedrada 2020-2021 o‘quv yilida o‘tkaziladigan Kafedra oyligi rejasi tuzilgan bo‘lib, reja asosida oktabr va noyabr oylari belgilangan.
Kafedrada Informatika fani o’qituvchisi Meyliqulova Mahbubaning “Voqif” gazetasida “Uyda qoling” mavzusida, fizika fani o’qituvchisi Mustafayeva Shamsiyaning Xalq ta’limi vazirligi tomonidan o’tkazilgan Respublika konferensiyasida “Fizika ta’limida innovatsion texnologiyalardan foydalanish” mavzusida fizika fani o’qituvchisi To’rayev Sirojning xalqaro jurnalda “Tillarni dasturlash asosida talabalarning professional kompitensiyalarini shakllantirish metodologiyasi“ chop etilgan.
-kafedra o‘qituvchilarining barchasida Namunaviy o‘quv dastur, ishchi o‘quv reja mavjud;
-Ishchi o‘quv dasturlari va taqvim-mavzu rejalari mavjud va Namunaviy o‘quv dasturi asosida tuzilgan va tasdiqlatilgan;
-o‘qitadigan fanlari bo‘yicha dars konspektlari va nazariy dars rejalari, o‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan.
Ijtimoiy fanlar kafedrasi va a’zolarining ish faoliyati to’g’risida
M A‘L U M O T
“Ijtimoiy fanlar” kafedrasida jami 15 nafar o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Shundan 13 nafari doimiy, 2 nafari soatbay asosida faoliyat ko‘rsatadilar.
– Kafedra hujjatlarini yuritish yo‘riqnomasi kafedrada mavjud. Kafedraga tegishli bo‘lgan hujjatlar yangi Nizom asosida tuzilgan va tasdiqlangan.
– Kafedrada 2020-2021 o‘quv yili uchun tuzilgan Ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasi tasdiqlatilgan.
– Kafedra o‘qituvchilari to‘g‘risida umumiy ma’lumot, kafedraning yillik ish rejasi mavjud.
– Kafedrada Nizomlar va tegishli buyruqlar, qarorlari, buyruq va ko‘rsatmalar, O‘rta maxsus ta’limi tizimiga doir yo‘riqnomalar , yillik o‘quv yuklamalari, ishchi o‘quv rejasi, kafedraga tegishli fanlarni DTS talablari va Tarmoq ta’lim standartlari, kurslar bo‘yicha Namunaviy o‘quv dasturlari, kafedra o‘qituvchilarining kurslar va guruhlar kesimidagi dars soatlarining taqsimoti mavjudi.
-Kafedraning 2018 – 2023 yillarga mo‘ljallangan Istiqbol ish rejasi mavjud va tasdiqlangan.
-Kafedra bilan tayanch Oliy o‘quv yurtlarining tegishli kafedralari o‘rtasida hamkorlik shartnomalari tuzilgan .
-Kafedra yig‘ilishlari bayonnomalari daftari yuritilgan, raqamlangan va shnurlangan. Bayonnomalar o‘z vaqtida yozib borilgan.
-Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash rejasi har bir kafedra a’zosida tuzilgan.
-Kafedrada barcha fanlar kesimida to‘garaklar jadvali tashkil etilgan va fan to‘garak ishlari rejasi yangi Nizom asosida tuzilgan.
-Kafedra o‘qituvchilarining malaka oshirish kurslariga borish rejasi tuzilgan va jadval asosida malaka oshirish kurslariga kafedra o‘qituvchilari yuborib turilgan.
-Kafedrada 2020-2021 o‘quv yilida o‘tkaziladigan Kafedra oyligi rejasi tuzilgan bo‘lib, reja asosida dekabr va yanvar oylari belgilangan.
2020 – 2021 o‘quv yilida kafedra o‘qituvchlari tomonidan akademik litseyda tashkil etilgan barcha ma’naviy – ma’rifiy tadbirlar, insholar tanlovlari to‘g‘risidagi bayonnomalar kafedrada mavjud
Kafedrada ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Pardayeva Barno 29.09.2020y. kuni Webinarda ishtirok etgan, 19.10.2020y. kuni «Гуманитарный трактат» jurnalining XXIV sonida maqolasi chop etilgan.
-kafedra o‘qituvchilarining barchasida Namunaviy o‘quv dastur, ishchi o‘quv reja, reyting ball taqsimoti xaritasi mavjud;
-Ishchi o‘quv dasturlari va taqvim-mavzu rejalari mavjud va Namunaviy o‘quv dasturi asosida tuzilgan va tasdiqlatilgan;
-o‘qitadigan fanlari bo‘yicha dars konspektlari va nazariy dars rejalari, o‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan.
-o‘qituvchilar tomonidan I va II kurs o‘quvchilari uchun Mustaqil ish rejalari tuzilgan.
Xorijiy tillar kafedrasi va a’zolarining ish faoliyati to’g’risida
M A‘L U M O T
“Xorijiy tillar” kafedrasida jami 16 nafar o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Shundan 13 nafari doimiy, 3 nafari soatbay asosida dars bermoqdalar.
-Kafedrada Nizomlar va tegishli buyruqlar, qarorlari, buyruq va ko‘rsatmalar, O‘rta maxsus ta’limi tizimiga doir yo‘riqnomalar alohida jildda saqlangan.
-Kafedra hujjatlarini yuritish yo‘riqnomasi va kafedrani tashkil etish to‘g‘risidagi yangi Nizom kafedrada mavjud. Kafedraga tegishli bo‘lgan hujjatlar yangi Nizom asosida tuzilgan va tasdiqlangan. Jumladan, kafedra o‘qituvchilari to‘g‘risida umumiy ma’lumot, kafedraning yillik ish rejasi, yillik o‘quv yuklamalari, ishchi o‘quv rejasi, kafedraga tegishli fanlarni DTS talablari va Tarmoq ta’lim standartlari, kafedra o‘qituvchilarining kurslar va guruhlar kesimidagi dars soatlarining taqsimoti yangi Nizom asosida tuzilgan.
-Kafedraning 2016 – 2021 yillarga mo‘ljallangan Istiqbol ish rejasi mavjud va tasdiqlangan.
-Kafedra bilan tayanch Oliy o‘quv yurtlaridan Qarshi Davlat Universitetiningnemis tili hamda fransuz tili kafedralari, QarMII Xorijiy tillar kafedrasi, Gubkin nomli neft va gaz Rossiya Federatsiyasi Universitetining Toshkent filialining Qashqadaryo hududiy tayyorlov bo‘limi, Toshkentdagi Gyote instituti filiali o‘rtasida hamkorlik shartnomalari tuzilgan.
-Yosh o‘qituvchilarga murabbiy o‘qituvchilar biriktirilgan. Joriy o‘quv yilida o‘tkazilishi lozim bo‘lgan Ochiq darslar rejasi tuzib olingan.
–2020-2021 o‘quv yilida nemis tili fani o‘qituvchisi Nazarova Shohida 2021 yil 28 yanvar kuni 214-guruhga “Grupperarbaet vel Spass” nomli mavzuda, ingliz tili fani o‘qituvchisi Ubaydullayeva Orzigul 2021 yil 28 yanvar kuni 201-guruhda“DevelopingListening ant Speaking Vorld” nomli mavzuda, rus tili fani o‘qituvchisi Xolto‘rayeva Feruza 2021 yil 19 fevral kuni 213-guruhda “Паутовский «Телеграмма»” nomli mavzuda Ochiq darslar tashkil etishgan.
-O‘quv yilida o‘tkazilagan boshlang‘ich va oraliq nazorat ishlari uchun alohida papka tashkil etilgan bo‘lib, olingan yozma ish va test sinovi natijalari to‘plab borilgan hamda tahlil qilingan.
-Kafedra o‘qituvchilarining malaka oshirish kurslariga borish rejasi tuzilgan va jadval asosida malaka oshirish kurslariga kafedra o‘qituvchilari yuborib turilgan.
-Kafedrada 2020-2021 o‘quv yilida o‘tkaziladigan Kafedra oyligi rejasi tuzilgan bo‘lib, reja asosida fevral va mart oylari belgilangan. Unda ochiq darslar va nemis, ingliz, rus va fransuz tillaridan tadbirlar tashkil qilish rejalashtirilgan. Hozirda kafedra oyligi davom etmoqda.
Kafedra a’zolarining davriy nashrlar, oynoma va ro‘znomalarda maqolalar bilan ishtiroklari quyidagicha:
–2020 yil oktabr kuni ingliz tili fani o‘qituvchisi Xo‘jaqulov Sunnatning “Innovative approach to teaching medical terms for ESP students” nomli maqolasi “Экономикиисоциум” jurnalida chop etilgan;
-kafedra o‘qituvchilarining barchasida Namunaviy o‘quv dastur, ishchi o‘quv reja, reyting ball taqsimoti xaritasi mavjud;
-Ishchi o‘quv dasturlari va taqvim-mavzu rejalari mavjud va Namunaviy o‘quv dasturi asosida tuzilgan va tasdiqlatilgan;
-kafedra o‘qituvchilarining to‘garak ish rejalari tuzilgan, jurnallari yuritilgan;
-o‘qituvchilar tomonidan I-II kurs o‘quvchilari uchun Mustaqil ish rejalari tuzilgan, topshiriqlar berilgan.