“Konstitutsiya bilimdoni” olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.

“Konstitutsiya bilimdoni” olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. post thumbnail image

Bugun Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyida Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 4-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qoidalari va tamoyillarini o‘rganish bo‘yicha talaba va o‘quvchilar o‘rtasida olimpiadani o‘tkazish to‘g‘risida”gi 508-sonli buyrug‘ining ijrosini ta’minlash maqsadida “Konstitutsiya bilimdoni” olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.

✅Olimpiadada akademik litseyning ijtimoiy-gumanitar va yurisprudensiya yo‘nalishlarida tahsil olayotgan o‘quvchilar ishtirok etdilar. Bilimdon o‘quvchilar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qoidalari va tamoyillari to‘g‘risidagi test topshiriqlarini bajardilar.

G‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar maqtov yorliqlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Related Post