Konstitutsiya – o‘zimizniki!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

Konstitutsiya – o‘zimizniki!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi post thumbnail image
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyi hamda Mullato’ychi Toshmuhammedov nomidagi viloyat musiqali drama teatri ijodkorlari bilan hamkorlikda “Konstitutsiya – meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya – o‘zimizniki!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
✅ Targ’ibot tadbirida akademik litsey rahbariyati, o‘qituvchilar, o‘quvchilar va ularning guruh murabbiylari ishtirok etdilar.
???? Yig‘ilganlar bilan o‘tkazilgan qizg‘in muloqotda Konstitutsiyamizga kiritilayotgan o‘zgarishlar mohiyati haqida so‘z yuritildi. Unda inson manfaati va qadriyatlarimizni ifoda etuvchi moddalarga keng o‘rin berilganligi alohida ta’kidlandi. Konstitutsiyamizdagi yangilanishlar ahamiyatini barchaga aniq va lo‘nda qilib tushuntirildi. Hammani faol bo‘lishga chorlandi.
❇️ Darhaqiqat, Konstitutsiya o‘zimiznikimi, demak, faollikni har birimiz o‘zimizdan, o‘z oilamizdan boshlashimiz lozimligi uqtirildi.
????????Tadbirning ikkinchi qismida teatr ijodkorlari tomonidan M.Uyg‘ur asari asosida sahnalashtirilgan “Turkiston tabibi” nomli spektakl namoyishi qilindi va barchaga manzur bo‘ldi.

Related Post