Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyi psixologi M.Karamova “O’quvchi – yoshlar uyi”da  o‘quvchi-qizlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularda ijobiy fazilatlarni rivojlantirish va nizoli vaziyatlarda g’azabini yengish, ularda muloqot madaniyatini oshirish maqsadida «Muloqot madaniyati» nomli psixologik trening tashkil etdi. Treningda o’quvchilar o‘zlarini qiynayotgan ayrim holatlar haqida fikrlarini bildirdilar va trening davomida o’zlari uchun to‘g‘ri xulosaga kelish ko’nikmalarinin o’rgandilar. Trening ularda xush kayfiyat hamda katta taassurot qoldirdi.