Shu yilning 28-oktabr kuni Qarshi shahrida joylashgan o‘z nufuziga ega bo‘lgan “INTERNATIONAL BRIDGE” o‘quv markazida nemis tili fanidan insholar tanlovi o‘tkazilgan edi. Bugun mana shu tanlovning natijalari e’lon qilindi. Natijalarga ko‘ra barcha sovrinli o‘rinlarni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyi o‘quvchilari egalladilar:

Tanlov g’oliblari bilan tanishing!

1-o’rin Murtazaqulova Sevinch – akademik litsey o’quvchisi

2-o‘rin Ahmadjonova Sevinch – akademik litsey o’quvchisi

3-o‘rin Murtazaqulova Sabrina – akademik litsey o’quvchisi

Barcha g‘oliblarimizni tabriklaymiz!
Tanlovni o‘tkazishda jonbozlik ko‘rsatib, o‘quvchilarimizni nemis tiliga bo‘lgan qiziqishini oshirishda o‘z hissasini qo‘shgan ushbu o‘quv markazi rahbariyatiga va o‘qituvchilariga, xususan Davron Tojiyevga akademik litsey jamoasi nomidan samimiy minnatdorchilik bildiramiz!