Noyabr oyining ikkinchi saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi

Noyabr oyining ikkinchi saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi post thumbnail image

Joriy yilning 27 noyabr kuni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyida akademik litseyning 1-bosqich o‘quvchilari o‘rtasida «Besh tashabbus olimpiadasi» doirasida “Zakovat” intellektual bilimlar bellashuvining noyabr oyi saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.

✅Bellashuvda har bir guruhdan bitta jamoa jami 12 ta jamoa final bosqichiga chiqish o‘z bilim va salohiyatlarini har tomonlama namoyon etdilar.

????Musobaqada o‘quvchilarning bilimi va natijalari hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi. Qiziqarli va murosasiz o‘tgan bilimlar musobaqasida 3-o‘rinni 108 va 101-guruhlar, 2-o‘rinni 107-guruh hamda 1-o‘rinni 109-guruh o‘quvchilaridan iborat bilimdon jamoalar qo‘lga kiritishdi.

????Bilimlar bellashuvi davomida o‘quvchilarning bilim va tafakkurlari yana bir karra charxlandi. Final bosqichiga chiqqan jamoalarga omad tilaymiz.

 

Related Post