Bugun Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyi aniq fanlar yo‘nalishi 204-guruh bitiruvchi o‘quvchilari energetika fakulteti tarkibidagi kafedralarning moddiy-texnik bazasi hamda o‘quv-ilmiy poligoni bilan yaqindan tanishdilar.

“Ochiq eshiklar kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan ushbu tadbirda fakultet dekani Alovuddin Sa’dullaev va mutaxassislik kafedralari professor-o‘qituvchilari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Qurilmalarning ahamiyati, ishlash prinsipi, yosh olimlar va talabalarning ilmiy izlanishlari haqida tushuncha berildi.

Ushbu tadbir litsey o‘quvchilarida o‘zgacha taassurot qoldirdi.