Oq yo’l sizga, aziz bitiruvchilar

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyida 2018-2019 o‘quv yilida akademik litseyni 17-bitiruvchilari uchun “Oq yo‘l sizga, aziz bitiruvchilar” nomli tantanali bayram tadbiri va diplom topshirish marosimi o‘tkazildi.

Tadbirda akademik litseyni barcha fanlardan a’lo baxolarda o‘zlashtirgan, namunali xulqi hamda jamoat ishlarida faol ishtirok etgan 51 nafar o‘quvchiga “Imtiyozli” diplomlar topshirildi. Shuningdek fan olimpiadalarining Respublika bosqichida g‘olib chiqqan va faol ishtirok etgan 10 nafar bitiruvchilari xamda ularning ota-onalari akademik litsey rahbariyatining tashakkurnomalari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. O‘quv yili davomida yuqori natijalarga erishgan bir gurux o‘qituvchilarga ham turli nominatsiyalar bo‘yicha Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti rektori hamda akademik litsey rahbariyatining tashakkurnomalari topshirildi. Tadbir so‘ngida an’anaviy ichki test sinovlarining iyun oyi natijalari ham sarhisob qilinib, yuqori natijalarni qayd qilgan o‘quvchilar va ularning ota-onalariga akademik litsey rahbariyatining tashakkurnomalari hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.