🧑🎓Bugun Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyida “Zakovat” intellektual bilimlar bellashuvining maxsus “Yangi yil” bahsi bo‘lib o‘tdi. Bellashuvda akademik litseyda faoliyat olib borayotgan 4 ta kafedra ustoz-murabbiylaridan iborat jamoalar ishtirok etdi. Qiziqarli bahslar ostida o‘tgan bellashuv 2 ta turda bo‘lib o‘tdi. Natijalar sarhisobiga ko‘ra, “Matematika va informatika” kafedrasi va “Tabiiy fanlar” kafedrasi jamoalari faxrli 🥉3-o‘rin, “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi jamoasi faxrli 🥈2-o‘rin, hamda faxrli 🥇1-o‘rinni “Xorijiy tillar” kafedrasi o‘qituvchilaridan iborat jamoalar qo‘lga kiritdilar.