Bugun Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyida Xorijiy tillarni ommalashtirish agentligining Qashqadaryo viloyati xududiy vakilligi rahbariyati bilan xorijiy til o’qituvchilari uchun o’quv-seminar tashkil etildi.
Mazkur seminarda ingliz tili, nemis tili hamda rus tili o’qituvchilari ishtirok etib, ularga so’nggi yillarda mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko’lamli islohotlar xususan, xorijiy tillarni o‘rganishni takomillashtirish chora tadbirlarining amaliy natijalari hamda istiqboldagi rejalari haqida batafsil ma’lumotlar berilib, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi PF-5618-sonli farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-fevraldagi 74-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida mazkur qarorlar mazmun-mohiyati bo’yicha tushunchalar berildi.
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-sonli hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-maydagi 312-sonli qarorlari xususan chet o’qituvchilarga beriladigan imtiyozlar haqida ma’lumotlar yetkazildi.
Seminar yakunida xalqaro imtihonlar jumladan, DELF, DSDI, Test DAF, Linguaskill hamda TKT sessiyalari haqidagi ma’lumotlar o’rin oldi.