📌Bugun Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyida 2-bosqich bitiruvchilarining ota-onalar yig’ilishi tashkil qilindi. Yig’ilishda dastlab an’anaviy ichki test sinovlarining noyabr oyi natijalari sarhisob qilindi. Natijalarga ko‘ra eng yuqori ballarni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar va ularning ota-onalariga akademik litsey rahbariyatining tashakkurnomalari topshirilib, pul mukofotlari bilan rag‘batlantirildi. Shuningdek, noyabr oyi davomida turli tadbirlarda, ilmiy-badiiy kechalarda, ko‘rik-tanlovlarda va «Zakovat» intellektual bilimlar bellashuvida g‘olib deb topilgan o‘quvchilar taqdirlangan bo‘lsa, asosiy fan olimpiadalarining viloyat bosqichida g‘olib deb topilgan o‘quvchilar e’tirof etildi va rag‘batlantirildi.
‼️Ota-onalar yigilishining 2-qismida o’quvchilarning fanlarni o’zlashtirishi, tartib-intizom, darslarga faol qatnashishi holati muhokama qilinib, kelgusi rejalar belgilanib olindi.