Bugun akademik litseyda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti bilan hamkorlikda 1-mart Zulfiyaxonim tavalludining 108 yilligi hamda “8- mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan «O‘zbegimning qizlari» nomli ma’naniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda viloyat ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish bo‘limi boshlig‘i K.Ismoilova, «Umid» tashabbuslarni rivojlantirish va qo‘llab quvvatlash markazi direktori D.Amirqulova, institutning olima ustozlari, institut talabalari, litseyning o‘quvchi qizlari ishtirok etdi. Tadbirning 7 nafar institut talaba-qizlari va 1 nafar akademik litsey o‘quvchisi quyidagi 3 ta shart asosida bellashdilar:
1- shart: Tanishtiruv – qizlar o‘zlari tahsil olayotgan o‘quv yurtlar, fakultetlari, erishgan yutuqlari haqida ma’lumot berish;
2- shart: Moziyga sayohat – bu shartda qizlar yurtimiz tarixida o‘chmas iz qoldirgan ayollar siymolarini gavdalantirsh;
3- shart: O‘zbek xalqi urf-odatlari namoyishi.
Tadbir davomida turli sahna ko‘rinishlari, she’rlar, qo‘shiqlar ijro etildi. Tadbir so‘ngida qizlar esdalik sovg‘alari va faxriy yorliqlar bilann taqdirlandilar. Tadbirda akademik litseyning 205- guruh o‘quvchisi Usmonova Yulduz ishtirok etib, «Eng nazokatli qiz» nominatsiyasida g‘olib deb topildi hamda taqdirlandi.
«O‘zbegimning qizlari» nomli ma’naniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
