O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 32-yilligi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 32-yilligi post thumbnail image

Bugun Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 32-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy, huquqiy-ilmiy tadbirlar haftaligining yakuniy sarhisobi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda akademik litseyda faoliyat olib borayotgan ustoz-murabbiylar hamda ta’lim-tarbiya olayotgan barcha o‘quvchilar ishtirok etdilar.

✅Haftalik davomidagi tadbirlarda faol ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar taqdirlandilar. Akademik litsey “Qalqon” jamoasining vatanparlik ruhidagi chiqishlari barchaga manzur bo‘ldi.

Tadbir barcha tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining ko‘tarinki ruhda ijro etish bilan yakunlandi.

Related Post