Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev 2022-yil 20-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Parlamenti va o‘zbek xalqiga qilgan murojaatlarini alohida e’tibor va diqqat bilan ko‘zatib borar ekanman albatta, yurtimizda yashayotgan qariyib 36 million xalqimizning orzu istaklari, umidlari hamda kelajak avlodlarimiz uchun munosib turmush tarzini yaratishda dasturilamal bo‘lib xizmat qilishiga shak-shubha yo‘qligiga ishon hosil qildim. Prezidentimizning murojaatlarini tinglar ekanman, unda xalqimiz sog‘lig‘ini saqlash uchun barcha tibbiy xizmatlarni eng chekka tuman va mahallalar darajasigacha tushirilayotganiligi, shuningdek, odamlarimizni kasb-hunarli qilish, ularning biznesiga keng yo‘l ochish, haqiqiy mulkdor bo‘lib, daromad topishi uchun zarur sharoitlarni yaratish yo‘lida sobit qadam yo‘lda borayotganligini alohida ta‘kidlab o‘tdilar. Shuningdek, mazkur yilda yurtizmida o‘tkazilgan Shanxay hamkorlik tashkiloti va Turkiy davlatlar tashkiloti sammitlari hamda o‘nlab yuqori darajadagi xalqaro anjumanlarga mezbonlik qilganligi va muhim tashabbuslarni ilgari surganligi bularning barchasi mamlakatimizning xalqaro nufuzi tobora ortib borayotgani men shu yurt fuqarosi sifatida qalbimda yana bir bor g‘urur hissini xis qildim.
Yurtboshimiz o‘z ma’ruzalarida “Avval–inson, keyin–jamiyat va davlat” degan g‘oyani Konstitutsiyamiz va qonunlarimizga ham, kundalik hayotimizga ham chuqur singdirish lozimligi, hozirgi kundagi jiddiy sinovlar va bashorat qilib bo‘lmaydigan xavf-xatarlarni yengib o‘tishga qodir bo‘lgan milliy davlatchiligimiz asoslarini mustahkamlashimiz zarur ekanligini, shularni e’tiborga olgan holda, Asosiy qonunimizni takomillashtirish ishlari davom ettirilishi muhim ekanligi hamda bugungi kunga qadar bu borada 220 mingdan ziyod taklif kelib tushganligini alohida ta’kidlab o‘tdilar. Men albatta ishonamanki, Yangi O’zbekistonning yangi Konstitutsiyasi chinakam xalqchil, xalq konstitutsiyasi bo‘ladi. Zero, shu jannatmakon yurtda yashar ekanmiz har birimiz konstitutsiyaviy islohotlarga daxldor bo‘lishimiz va “Bu – mening Konstitutsiyam” deb yuksak g‘urur va iftixor bilan ayta olishimiz kerak.
Muhtaram Prezidentimiz tomonidan 2023-yilga yurtimizda “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”, deb nom berilishi, bu O‘zbekistonda olib borilayotgan davlat siyosatining markazida inson va uning manfaatlarini ta’minlashni ustuvor vazifa etib belgilanganligidan dalolatdir.
Shu narsani alohida ta’kidlab o‘tishni joiz deb bilamanki, Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining, barcha yutuqlarimizning asosi ta’limdadir. Prezidentimiz murojaatlarida ta’lim sohasini rivojlantirishning aniq yo’llarini belgilab berdilar. Ya’ni, Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, ta’lim sifatini oshirish – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yakkay-u yagona to‘g‘ri yo‘lidir. Shuning uchun men ham ta’lim tashkiloti rahbari sifatdia ushbu sohada boshlagan islohotlarni davom ettirish uchun ta’lim dargohlariga borib, o‘qituvchi va murabbiylar bilan ko‘proq muloqot qilib, o‘quv-tarbiya ishlari sifatini oshirish bo‘yicha ular qo‘ygan masalalarni hal etishni o‘z oldimga maqsad qilib qo‘ydim.
Muhtaram Prezidentimiz Murojaatnomani yakunlar ekan, qanchalik qiyin bo‘lmasin, tanlagan yo‘limizdan hech qachon ortga qaytmaslikni, ko‘zlagan marralarimizga albatta yetishishimiz, bu yo‘lda niyati ulug‘, qalbi pok, mehnatkash xalqimizga tayanishimizni alohida ta’kidlab o’tdilar.
Xulosa o‘rinda shuni aytmoqchimanki, barcha O‘zbekiston fuqarolari bir tanu bir jon bo‘lib harakat qilsak, el-yurtimiz intilayotgan Yangi O‘zbekistonni albatta barchamiz birgalikda bunyod etamiz.

Akmaljon Kudratov,
Qarshi MII akademik litseyi ijrochi direktori