Ma’lumki, joriy yilning 26-sentabr kuni Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligida Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan aniqlangan oliy taʼlim muassasalari milliy reytingi va akademik litseylar reytingini eʼlon qilishga bagʻishlangan tadbir oʻtkazildi.
Bunda Prezidentimiz 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasida fan-taʼlim-ishlab chiqarish integratsiyasini yoʻlga qoʻyish va yanada mustahkamlash, inson kapitalini rivojlantirish va uzluksiz taʼlim tizimida sifat va samaradorlikni oshirish boʻyicha aniq vazifalar belgilab berilganligi ta’kidlandi.
2022 yil 26 sentabr kuni O‘zR VM huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan Respublika oliy ta’lim muassasalari va akademik litseylar milliy reytingi e’lon qilindi.
Unda ilk marotaba aniqlangan akademik litseylar reytingi ham eʼlon qilindi. Taʼlim inspeksiyasi tomonidan mamlakatimizdagi bitiruvchisi mavjud boʻlgan 65 ta akademik litseylar faoliyati samaradorligi, taʼlim sifatiga baho berishi toʻrtta muhim yoʻnalishda 7 ta indikator asosida, jumladan, akademik litseyga oʻqishga kirish uchun hujjat topshirgan talabgorlar sonining mazkur litsey uchun belgilangan qabul parametriga nisbati (raqobat koʻrsatkichi); oliy taʼlim muassasalariga qabul qilingan oʻquvchilar ulushi; reyting aniqlangan yilda nufuzli xalqaro va respublika fan olimpiadalari, sport musobaqalarida gʻolib boʻlgan (sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritgan) akademik litsey oʻquvchilari ulushi; chet tili va fanlarni bilish darajasi toʻgʻrisidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega boʻlgan oʻquvchilar ulushi; ilmiy darajali, chet tili va fanlarni bilish darajasi toʻgʻrisidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega boʻlgan asosiy shtatdagi pedagoglar ulushi; xorijiy pedagoglar, shuningdek, xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar – Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Higher Education yoki Academic Ranking of World Universities reytinglarida birinchi 1 000 ta oʻrinni egallagan oliy taʼlim muassasalari diplomlariga ega boʻlgan mahalliy pedagoglar ulushi; ma’naviy-ma’rifiy va o’quv-tarbiyaviy muhit ( 5 ta tashabbus doirasida erishilgan yutuqlar) yo‘nalishlarida baholandi (2021-yil faoliyat yakunlari boʻyicha). Natijada Qarshi muhandislik-iqtisodiyot akademik litseyi ma’naviy-ma’rifiy va o’quv-tarbiyaviy muhit (5 ta tashabbus doirasida erishilgan yutuqlar) indikator bo’yicha yuqori 10 talik pog’onasida 4-o’rinni egalladi. Akademik litseylarning umumiy reytingida yuqori 10 talikdan o’rin egalladi. Albatta bu ko‘rsatkich litsey rahbariyati va jamoasining tizimli, samarali faoliyati natijasidir. 2022 yildan Qarshi muhandislik-iqtisodiyot akademik litseyi jamoasi bu ko‘rsatkichlar bilan kifoyalanmaydi. Yil boshidan akademik litseylar faoliyati samaradorligi, taʼlim sifatiga baho berishi toʻrtta muhim yoʻnalishda 7 ta indikator asosida rejalashtirilgan ishlar jadal davom ettirilmoqda. 2022 yil yakuni bo‘yicha litsey jamoasi akademik litseylar faoliyati reytingida kuchli 5 talikka kirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.