Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti bilan hamkorlik

QarMII akademik litseyida o‘zaro hamkorlikda bajarilayotgan o‘quv-uslubiy, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy sohadagi ishlar to‘g‘risida

MA’LUMOT

 Akademik litseyda 2018-2019 o‘quv yilida 60 nafar fan o‘qituvchilari faoliyat yuritmoqda, shundan  11 nafari bosh o‘qituvchi, 14 nafari yetakchi o‘qituvchi, 12 nafari katta o‘qituvchi, 23 nafari esa oliy ma’lumotli o‘qituvchilardir.

Akademik litsey bir necha o‘qituvchilarining mehnatlari davlatimiz tomonidan yuqori baholanib, matematika fani o‘qituvchisi M. Bozorova “Mehnat shuhrati” ordeni,  rus tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi X. Ubaydullayeva hamda matematika fani o‘qituvchisi M. Ochilovalar  “Shuhrat” medali,  informatika fani o‘qituvchisi  R. Hamitova,  ingliz tili o‘qituvchilari  A. Azimov va Sh. Bozorovalar “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlar.

Akademik litseyda asosiy e’tibor fanlardan dars berayotgan o‘qituvchilar bilim va kasbiy mahoratlarini zamon talablari  darajasida rivojlantirishga, ularning mavjud o‘quv-laboratoriya va texnika jihozlaridan dars jarayonida oqilona foydalanishiga,  mashg‘ulotlarda berilayotgan materiallarni o‘quvchilar  yuqori darajada o‘zlashtirishi uchun har bir mavzu ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llagan holda o‘tilishini ta’minlashga qaratilmoqda. Shu kabi ishlarni samarali tashkil etish maqsadida litseyda quyidagi QMII kafedralari filiallari faoliyati yo‘lga qo‘yildi va dars mashg‘ulotlariga tajribali professor-o‘qituvchilar jalb etildi:

– Fizika kafedrasi;
– Oliy matematika kafedrasi;
– O‘zbekiston tarixi kafedrasi;
– Xorijiy tillar kafedrasi;
– Kimyo kafedrasi.

Akademik litseyda o‘quvchilarni o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash, kam sonli zarur o‘quv adabiyotlarini xarid qilish, yangilarini tajribali professor-o‘qituvchilar bilan hamkorlikda yaratish va belgilangan tartibda nashr qilish hamda axborot-resurs markazlariga joylashtirish ishlariga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikda quyidagi ilmiy-uslubiy qo‘llanmalar yaratilgan.

  1. “Matematika fanidan olimpiada masalalari” N.Xolov, M.SH.Bozorova, M.SH. Ochilova, E.O. Sharipov. “Durdona” nashriyoti. Buxoro-2016 yil
  2. “Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda milliy amaliy san’atning tiklanishi va rivojlanishi”A. Ergasheva, O.A. Raxmonqulova. Toshkent “Musiqa” nashriyoti 2017 yil
  3. “Ta’lim jarayonidagi faollikni oshirish mexanizmlari va o‘quv-uslubiy majmualar yaratish metodikasi”. (Monografiya) Z.Raximov, A.Qudratov. Qarshi “Nasaf” nashriyoti 2017 yil
  4. “Fanlarni o‘qitishda pedagogik texnologiyalarning o‘rni” mavzusidagi xududiy ilmiy-amaliy anjuman. 2017 yil 25 aprel
  5. “Omonimiya”. Rajabov. Toshkent “Yangi kitob” nashriyoti-2019 yil. QarMII dotsenti O.Begimov taqrizi ostida.

Shuningdek, akademik litseyning 2 nafar 2-bosqich bitiruvchilari A.Abduraxmonov va Z.Qodirovlar QarMII “Issiqlik energetikasi” kafedrasining professori, G‘.N. Uzoqov rahbarligida “Teskari induksiya hodisasi orqali serkulyatsiya jarayonini davriy ravishda aktivlashtirish” loyihasi  ustida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Bu ilmiy izlanishdan ko‘zlangan asosiy maqsad elektomagnit induksiya hodisasi orqali elektr tokini ishlab chiqarishdan iborat.

Akademik litseyda har o‘quv yili yakunida bitiruvchilardan olinadigan Davlat attestatsiyasi uchun imtihon komissiyasi raislari QarMII professor-o‘qituvchilari raisligida o‘tkazib kelinmoqda. Akademik litseyda 2018-2019 o‘quv yili bitiruvchilari uchun ham Davlat attestatsiyasi komissiya QarMII O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori O.N. Bozorov umumiy raisligida, fanlar kesimida quyidagi nomzodlar Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti professor-o‘qituvchilaridan tayinlanishi rejalashtirilgan.

2019 yilning mart – aprel oylari davomida Qarshi muxandislik-iqtisodiyot instituti rektorining ko‘rsatmasiga binoan ishlab chiqilgan rejaga muvofiq institutda mavjud fakultetlar va kafedralarning professor-o‘qituvchilari akademik litsey bitiruvchilariga kasbga yo‘naltirish va targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib bordilar:

Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti “Texnologik mashinalar va jihozlari” kafedrasi dotsenti X.Q.Eshqobilov va katta o‘qituvchi A.Y.Do‘stovlar 2019 yil 25 mart kuni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litsey bitiruvchi kurs o‘quvchilari bilan kasbga yo‘naltirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadbirda litseyda mavjud 203, 204, 303, 304 guruh o‘quvchilariga kasbga yo‘naltirish  ishlarini olib bordilar. Bunda Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutining faoliyati, “Texnologik mashina va jihozlari” kafedrasi faoliyati va talabalarni bilim olishlariga yaratilgan shart-sharoitlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdilar va vedioroliklarni taqdim etdilar.

2019 yil 27 mart kuni QarMII texnologiya fakulteti, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi kafedrasi mudiri, dotsent N.Chorshanbiyev, kimyo texnologiyasi kafedrasi mudiri, dotsent O.Panjiyev, kimyoviy texnologiya kafedrasi dotsentlari Z.Ro‘ziyeva, Y.Xidirova, katta o‘qituvchi J.Farmonov kafedra a’zolaridan katta o‘qituvchi F.Saidaliyev,  kafedra assisenti F.Jabborov, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyida mavjud tabiiy fanlar yo‘nalishida tahsil olayotgan 206, 207, 305, 306 guruh o‘quvchilariga kasbga yo‘naltirish ishlarini  amalga  oshirib, institutda talabalar uchun yaratilgan barcha shart-sharoitlar  haqida batafsil so‘zlab berdi.

2019 yil 28 mart kuni QarMII energetika fakulteti elektr energetika kafedrasi mudiri, dotsent  A.Sa’dullayev, issiqlik energetikasi kafedrasi dotsenti T.Fayziyev, texnika fanlari nomzodi I.Murodov, katta o‘qituvchi T.Toshev, magistr A.Toshboyevlar Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyida mavjud aniq fanlar texnika yo‘nalishida tahsil olayotgan 203, 303, 304 guruh o‘quvchilariga kasbga yo‘naltirish ishlarini  amalga  oshirib, institutda talabalar uchun yaratilgan barcha shart-sharoitlar  haqida batafsil so‘zlab berdi. Bitiruvchi kurs o‘quvchilarini mazkur fakultetlarga o‘qishga taklif qildi.

2019 yil 1 aprel kuni QarMII Neft va gaz fakulteti “Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish” kafedrasi mudiri A.Jo‘rayev, “Metrologiya standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti yo‘nalishi bo‘yicha mas’ul O‘.Maxmanov, Geologiya va konchilik fakulteti “Atrof-muhit himoyasi va ekologiya kafedrasi mudiri professor X.Bahromov, katta o‘qituvchi O‘.Otaqulov, I.Yusupov, “Foydali qazilmalar geologiyasi va razvedkasi” kafedrasi o‘qituvchilari Z.Sunnatov hamda F.Narimovlar akademik litseyning aniq fanlar texnika yo‘nalishida o‘qiydigan o‘quvchilarga kasbga yo‘naltirish ishlarini olib bordi.

2019-yil 11-aprel kuni QarMII Fizika kafedrasi professor o‘qituvchilari  Q.Tursunov, B. Kenjayev hamda M.Qorjobovlar “12-aprel Xalqaro kosmonavtika kuni”  munosabati bilan  ilmiy tadbir o‘tkazildi.Tadbirdan maqsad akademik litsey bitiruvchi o‘quvchilarini Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutiga o‘qishga jalb qilishdan iboratligi o‘quvchilarga uqtirildi.

QMII akademik litseyi o‘quvchilari fan olimpiadasining shahar, viloyat, respublika bosqichida faol ishtirok etdi va o‘z bilim, qobiliyatlarini nomoyon etib  2018-2019 o‘quv yilida akademik litseyning quyidagi 10 nafar o‘quvchisi:

  1. Toshmurodova Shabona Tolmas qizi – Ona tili va adabiyoti fanidan
  2. Choriyeva Barno Yo‘ldosh qizi – Nemis tili fanidan
  3. Ne’matova Shahribonu G‘ani qizi – Fransuz tili fanidan
  4. Nurullayev Jamshid Ulug‘bek o‘g‘li – Fransuz tili fanidan
  5. Xoliqov Bobur Ne’mat o‘g‘li – Matematika fanidan
  6. Fayzullayev Akobir Umrzoq o‘g‘li – Tarix fanidan
  7. Jabborov Sarvar Salom o‘g‘li – Tarix fanidan
  8. Erdanova Yulduz Zayniddin qizi – Nemis tili fanidan
  9. Aleguseynova Elenora Rauf qizi – Rus tili fanidan
  10. Chorshanbiyev Ramazon Rashidovich- Geografiya fanidan fan olimpiadasining viloyat bosqichida ishtirok etib, tengdoshlari orasida g‘olib chiqib respublika bosqichida qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritdilar.

Bundan tashqari litseyning 3-bosqich o‘quvchisi Xoliqov Bobur matematika fanidan viloyat hakamlar hay’atining 2019-yil 6 apreldagi qaroriga asosan xalqaro olimpiadada ishtirok etuvchi O‘zbekiston jamoasini shakllantirish uchun o‘tkaziladigan tanlovning respublika bosqichida qatnashish uchun tavsiya etildi.

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti bilan hamkorlikda akademik litseyda quyidagi ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda:

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 iyuldagi PQ – 3160 – sonli “Ma’naviy – ma’rifiy  ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi Qarori asosida Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, shu reja asosida akademik litsey pedagog o‘qituvchi va o‘quvchilari o‘rtasida ma’naviy – ma’rifiy tadbirlar, axloqiy – tarbiyaviy ishlar tashkil qilib borilmoqda. 2018 yil 5 sentabr kuni “Bilimlar kuni” munosabati bilan O‘zbekiston kafedrasi bilan hamkorlikda “Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim!”,  2018 yil 28 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 26 yilligi munosabati bilan “Mening armiyam- mening faxrim” mardlik va jasurlik shiori ostida  “Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni!”, 2018 yil 7 dekabr kuni  O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 26 yilligi hamda Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi qabul qilinganligining 70 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston tarixi kafedrasi bilan hamkorlikda “Mustahkam tinchlik va barqarorlik – osoyishta hayot va taraqqiyot garovi”, 2019 yil 14 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlar tashkil etilganligining  26 yilligi hamda “14 yanvar-Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan “Harbiy vatanparvarlik oyligi” tadbirlari doirasida “Milliy armiyamiz-yoshlarning mardlik, matonat va jasorat maktabidir!”, 2019 yil 25 yanvar kuni akademik litsey  oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining  2019 yil 17 yanvardagi 87-03-283-sonli xatida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan “Tinchlik – eng oliy ne’mat” hamda “Islomda ekstremizm va terrorizmga o‘rin yo‘q”, 2019 yil 29 yanvar kuni akademik litseyida oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 17 yanvardagi 87-03-291-sonli xatida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan “Huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi birgalikda kurashamiz!”, “Men huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga mas’ulman!”, 2019 yil 7 fevral kuni “Ta’lim muassasalarida korrupsiyaning  oldini olish va unga qarshi kurashning huquqiy va ma’naviy-ma’rifiy asoslari”,  2019 yil 15 fevral kuni “Odam savdosi-davr muammosi”, 2019 yil 28 fevral kuni 21 fevral “Xalqaro ona tili kuni” hamda “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” munosabati bilan “Yoshlar xorijiy tillarni o‘rganish yo‘lida” mavzusida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar shular jumlasidandir.

Akademik litsey rahbariyati va o‘qituvchilar jamoasi Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti bilan hamkorlikda o‘quv-uslubiy,  ma’naviy-ma’rifiy hamda  tarbiyaviy  jarayonlarni sifatli tashkil qilish, yosh avlodning ma’naviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkurini  oshirishda doimiy ravishda ishlarni jaddalashtiradi. Akademik litsey bitiruvchilarining oliy o‘quv yurtlariga kirish ko‘rsatgichini tubdan oshirish, umumta’lim fan olimpiadalarining viloyat, respublika bosqichlarida o‘quvchilarni munosib tayyorlash maqsadida Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti professor-o‘qituvchilarining tajribalaridan umumli foydalanishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha rejalashtirilgan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Shuningdek, akademik litsey pedagog–o‘qituvchilarining ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish, ustoz-shogird tizimini yaxshilash va yildan-yilga salmog‘ini oshirib borishni yo‘lga qo‘yish asosiy vazifamiz bo‘lib qolaveradi.