Samarqandga sayohat tashkil qilindi.

Samarqandga sayohat tashkil qilindi. post thumbnail image

Bugun Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyining o‘qituvchi va murabbiylar jamoasi uchun 2023-2024 o‘quv yili qishki ta’til vaqtini mazmunli o‘tkazishga qaratilgan o‘quv-ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy ish rejasi asosida akademik litseyning barcha pedagog-o‘qituvchilari va ishchi-xodimlari Samarqand shahrining diqqatga sazovor tarixiy yodgorliklari hamda ziyoratgohlarida sayohatda bo‘lib turishibdi.

Samarqand shahrining muqaddas ziyoratgohlari, qadim qadamjolari va diqqatga sazovor joylariga sayohat qilayotgan akademik litsey jamoasi qalbida yana bir bor Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat, ajdodlarga munosib avlod bo‘lish tuyg‘ulari jo‘sh urishiga ishonchimiz komil.

✅Samarqand shahriga sayohat uyushtirishni tashkil qilishda amaliy yordam berganligi uchun Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti rektori Sh.Bazarovga, institut kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi F.Tilovatovlarga akademik litsey rahbariyati va jamoasi nomidan minnatdorlik bildiramiz!

Related Post