Sarnisob

Sarnisob post thumbnail image

✅Bugun Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyida 2-bosqich bitiruvchilarining ota-onalar yig’ilishi tashkil qilindi. Yig’ilishda dastlab an’anaviy ichki test sinovlarining noyabr oyi natijalari sarhisob qilindi.

Ichki test natijalarga ko‘ra eng yuqori ballarni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar va ularning ota-onalariga akademik litsey rahbariyatining tashakkurnomalari topshirilib, pul mukofotlari bilan rag‘batlantirildi.

Shuningdek, noyabr oyi davomida turli tadbirlarda, Asosiy fan olimpiadasining viloyat bosqichi g‘oliblari, “Zakovat” intellektual oyini g’oliblari, ilmiy-badiiy kechalarda, ko‘rik-tanlovlarda va sport musobaqalarida faol ishtirok etgan o‘quvchilar va o‘qituvchilar e’tirof etildi.

‼️Ota-onalar yigilishining 2-qismida o’quvchilarning fanlarni o’zlashtirishi, tartib-intizom, darslarga faol qatnashishi holati muhokama qilinib, kelgusi rejalar belgilanib olindi.

Related Post

Bitiruvchi guruh о‘quvchilarining ota-onalar yig‘ilishi о‘tkazildi.Bitiruvchi guruh о‘quvchilarining ota-onalar yig‘ilishi о‘tkazildi.

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyida 2020-2021 о‘quv yili aniq fanlar yо‘nalishi (texnika) 203-204-205-206-207–guruh bitiruvchilarining ota-onalari yig‘ilishi о‘tkazildi. Ota-onalar yig‘ilishida о‘quvchilardan Davlat test markazining diagnostik testi natijalari muhokama qilinib, eng yuqori