Bugun 17-noyabr kuni QarMII akademik litseyining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha director o’rinbosari N.Yoriqulov rahbarligida akademik liseyning bir guruh o’quvchi-yoshlari, o’qituvchi va murabbiylari Qarshi shahridagi “Muruvvat” internat uyiga tashrif buyurdilar. «Sen bizga keraksan»shiori ostida o’tkazilgan mazkur tashrif davomida o’qituvchi va o’quvchilar tomonidan murg’ak qalb egalarining kunini maroqli o’tkazish maqsadida turli chiqishlar, qiziqarli konsert dasturi va turli esdalik sovg’alarini taqdim etdilar.