Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyida an’anaviy ichki test sinovlarining sentabr oyi natijalari sarhisob qilinib, yuqori natijalarni qayd qilgan о‘quvchilar va ularning ota-onalariga akademik litsey rahbariyatining tashakkurnomalari hamda esdalik sovg‘alari topshirildi. Shuningdek oy davomida tashkil qilingan turli tadbirlarda faol ishtirok etgan о‘quvchilar ham taqdirlandi. Shu kunning o’zida akademik litsey 2-kurs bitiruvchilarining ota-onalar yig’ilishi o’tkazildi hamda tegishli chora-tadbirlar va rejalar belgilab olindi!