Taqdirlash marosimi

30 mart kuni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyida an’anaviy xar oyda bir marotaba o‘tkaziladigan ichki test sinovlarining natijalari yuzasidan taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Tadbirda eng yuqori natija ko‘rsatgan o‘quvchilar va ularning ota-onalariga akademik litsey rahbariyatining maqtov yorlig‘i va tashakkurnomalari topshirildi. Navro‘z bayrami munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirlarda: insholar tanlovi, devoriy gazetalar tanlovi, tosh ko‘tarish, arqon tortish, kurash hamda futbol musobaqalarida g‘olib chiqqan o‘quvchilar va guruhlar rag‘batlantirildi. Shuningdek, oy davomida jamoat ishlarida faol qatnashib, o‘quvchilari yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan o‘qituvchilarga Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti rektorining tashakkurnomalari topshirildi.