Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyiga xalqaro notiq hamda tajribali mentor, hozirda Finlyandiyada yashab faoliyat yuritayotgan vatandoshimiz Kamila Sultanova tashrif buyurdi. K.Sultanova akademik litsey o’qituvchilari va o’quvchilariga ‘‘Kun tartibini samarali rejalashtirish va o‘ziga bo‘lgan ishonchni orttirish» mavzusida Evropa ta’lim tizimi, xususan Finlyandiya ta’limi tizimi misolida ajoyib va yoshlarimiz uchun ayni vaqtda juda kerakli bo‘lgan seminar dars mashg’ulotini o’tib berdi. Ushbu seminar mashg’uloti akademik litsey o’qituvchi va o‘quvchilarini o‘ziga bo’lgan ishonchini orttirishda va maqsadlari sari olg‘a qadam tashlashlari uchun foydali bo’ldi.