Qarshi MII akademik litseyi psixologlari Raximova Dilnoza va Karamova Mohinurlar tomonidan «22-noyabr – Xalqaro psixologlar kuni»ga bag‘ishlab «Psixolog bilan bir kun» mavzusida marafoni hamda  barcha pedagoglar va ishchi xodimlar òrtasida shaxsni rivojlantiruvchi «ORZULAR DOSKASI» shiori ostida subhidam kutib olish jarayoni tashkil qilindi. Marafonda «Mening o‘qituvchim eng…», «Mening o‘quvchim eng…», «Bugun kimga rahmat aytmoqchisiz?», «Baxt – bu…» nomli ilovalarga ishtirokchilar o‘z fikrlarini bildirishdi. Ushbu jarayonda «Shirin tilaklar» treningi o‘tkazildi hamda ishtirokchilarga xush kayfiyat uyg‘otdi.