O’quvchi-yoshlar uyi
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyi
“O‘quvchi – yoshlar uyi”
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyi “O‘quvchi – yoshlar uyi”da ushbu o‘quv yilida 350 nafar o‘quvchilar istiqomat qilishadi, shulardan 121 nafarini qizlar tashkil qiladi. Shuningdek, “O‘quvchi – yoshlar o‘yi”da 3 nafar kunduzgi hamda 3 nafar tungi tarbiyachilar o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi, odobi, axloqi va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishni tashkil qilib borilmoqda. O‘quvchilar kengashi ham joriy qilinib, unga ko‘ra o‘quvchilar kengashi raisi, qizlar kengashi raisi, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ul va sport ishlari bo‘yicha mas’ul, sanitariya va gigiyena ishlari bo‘yicha mas’ullar, seksiya va xonalar sardorlari o‘quvchilar orasidan tayinlangan. Shuningdek, “O‘quvchi – yoshlar uyi” har bir xonasi uchun akademik litsey o‘qituvchi va murabbiylari mas’ul qilib tayinlangan. “O‘quvchi – yoshlar uyi”da o‘qituvchilarning navbatchiligi jadvali va o‘tkazadigan tadbirlar rejasi ham ishlab chiqilgan.
“O‘quvchi – yoshlar uyi” yashaydigan o‘quvchilar uchun barcha sharoitlar muhayyo qilingan: ma’naviyat va ma’rifat xonasi (televizor, Prezident asarlari burchagi, badiiy-ilmiy kitoblar, gazeta va jurnallar mavjud), dam olish xonasi, mehmonlar xonasi, o‘g‘il bolalar va qizlar uchun alohida yuvinish xonasi (dush), tibbiyot xonasi, dazmol qilish xonasi, gigiyena xonasi, dars tayyorlash xonalari, oshxona to‘liq o‘quvchilar ixtiyoriga berilgan. “O‘quvchi – yoshlar uyi”da yashovchi o‘quvchilar bilan har oyda 2 marta umumiy yig‘ilishlar o‘tkazilib, bu yig‘ilishlarda o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlaridagi ishtiroki, bo‘sh vaqtlarini qanday tashkil qilayotganliklari, xonalarning, seksiyalarning tozaligi, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtiroki, muammolari, qiziqishlari tahlil qilinib borilmoqda.