Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyida ko’p yillar fidoiylik bilan samarali mehnat qilib, bugun keksalik gashtini surayotgan ustoz-o‘qituvchilar yuksak e’tibor, e’zoz va ehtiromga munosib. Akademik litseyning bir guruh o’qituvchi va o’quvchilari faxriy ustozlar: matematika fani o’qituvchisi Ra’no opa Sodiqova, fizika fani o’qituvchisi Malohat opa Xo’jamova, tarix fani o’qituvchisi Galina opa Nurullayeva, ona tili va adabiyot fani o’qituvchilari Zulayho opa To’xtamisheva hamda Venera opa Egamovalar xonadoniga tashrif buyurishib, «9-may Xotira va qadrlash kuni» bayrami bilan tabriklandi. Bu, o‘z navbatida, yoshlar uchun ibrat namunasi bo‘ldi. Xalqimizning mehr-oqibat kabi qadriyatlarini o‘zida namoyon etadi. Bunday savobli ishlar ertaga ishimizning yanada barakali bo‘lishiga zamin yaratadi.