Yakuniy davlat attestatsiyasi

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyining 3-bosqichni 334 nafar bitiruvchilari uchun Yakuniy davlat attestatsiyalarining ochilishi marosimi o‘tkazildi. 12 iyun kuni ona tili va adabiyot fanidan yozma ish (insho) o‘tkazilgan bo‘lsa, 13 iyun kuni O‘zbekiston tarixi fanidan test sinovlarini topshirdilar. Shuningdek fan olimpiadalarining Respublika bosqichida g‘olib chiqqan hamda faol qatnashgan o‘quvchilar va ularning ustozlari taqdirlandi.