Yoshlar, shu jumladan xotin-qizlar, o‘rtasida huqubuzarlik, jinoyatchilikni oldini olish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 martdagi “Huqubuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” PQ-2833-sonli Qarorida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan 2018 yil 2 noyabr kuni institutning Texnologiya fakulteti “Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi” kafedrasi tomonidan Qarshi shahar Ichki ishlar boshqarasi bilan hamkorlikda “Yoshlar, shu jumladan xotin-qizlar, o‘rtasida huqubuzarlik, jinoyatchilikni oldini olish” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda, institutning Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori A.Xayriddinov, Qarshi shahar 3-son IIB Huqubuzarliklar profilaktikasi inspektori X.Xamidov, “Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi” kafedra mudiri A.Abdiyev, fakultetning xotin qizlar boshlang‘ich tashkiloti raisi X.Ismailova, fakultet professor-o‘qituvchilari Z.Xolmurodova, S.Bo‘rieva, U.Shabarova hamda 60 nafar talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

F796E12A-21CD-4FC9-8FE9-5AA406B8A81A FA6F17FB-5BB3-4E60-8102-0544F8833F4C FE6E50AA-6A7C-47E6-8168-AAFF95D26DBD D8378852-A294-493E-9F17-98993DC3451A