🧑‍🎓Bugun Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyida 2-bosqich o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual bilimlar bellashuvi bo‘lib o‘tdi. Bellashuvda har bir guruhdan bitta jamoa jami 11 jamoa final bosqichiga chiqish uchun o‘z bilim va salohiyatlarini har tomonlama namoyon etdilar. Qiziqarli va murosasiz o‘tgan bilimlar musobaqasida 🥉3-o‘rinni 208, 209, 210-guruhlar, 🥈2-o‘rinni 201-guruh hamda 🥇1-o‘rinni 206-guruh o‘quvchilaridan iborat jamoa qo‘lga kiritdi.
🏆Bilimlar bellashuvi davomida o‘quvchilaring bilim va tafakkurlari yana bir karra charxlandi. Bilimdon, zakovatli o‘quvchilarimiz soni ko‘payib bormoqda. Final bosqichiga chiqqan jamoalarga omad tilaymiz. Keling, bellashing, tafakkuringizni oshiring!