🧑‍🎓2-dekabr kuni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyida “Zakovat” intellektual bilimlar bellashuvining noyabr oyi final bahsi bo‘lib o‘tdi. Bellashuvda saralash bahslarida g‘olib bo‘lgan 102, 108, 109, 201, 206, 208, 209 hamda 210-guruhlar “Noyabr oyining eng zakovatli guruhi” nominatsiyasi g‘olibligi uchun bellashdilar. Har bir jamoa o‘z bilim va salohiyatlarini har tomonlama namoyon etdilar. E’tiborli jihati, o‘quvchi-yoshlarda ilm-tafakkur va zakovatga o‘rnak hamda ularning qiziqishlarini orttirish maqsadida bellashuvda “Ustozlar” jamoasi ham ishtirok etishdi. Natijalarga ko‘ra, 3-o‘rinni 🥉108-guruh va 201 guruhlar, 2-o‘rinni 🥈 109-guruh va 209 guruhlar hamda 1-o‘rin🥇 “Noyabr oyining eng zakovatli guruhi” nominatsiyasini 208-guruh o‘quvchilaridan iborat jamoa qo‘lga kiritdi. Bilimlar bellashuvi davomida o‘quvchilaring bilim va tafakkuri yana bir karra charxlandi.